Смотреть

Smartfonlar  | 
6 Yan 2016   4497

Red Dot mukofotining hakamlar hay'ati LG ni 2015 yilning brendi deb tan oldi

Ishlab chiqaruvchining yutuqlari “Kommunikatsion dizayn”kategoriyasida 13 ta sovringa loyiq deya topildi

SЕUL, 2015 yilning 5 noyabri.— LG Electronics (LG) kompaniyasi mashhur, dizayn sohasida jahondagi etakchi sovrinlardan sanalgan Red Dot Award mukofoti doirasida “Yil brendi” maqomiga sazavor bo'ldi. Shu tariqa LG avvalgi yillarning mashhur g'oliblari bo'lgan PepsiCo, Audi AG va Mercedes-Benz kabilar safiga qo'shildi. Shuningdek LG kompaniyasi Red Dot Award tarixidagi nafaqat “Yil brendi” maqomiga, balki 2006 yilda ishlab chiqaruvchi tomonidan qo'lga kiritilgan “Yil dizaynerlarining eng yaxshi jamoasi” sifatida tan olingan uchinchi g'olibga aylandi.

LG Red Dot Award 2015ning «Kommunikatsion dizayn» kategoriyasida 13 nominatsiyadagi g'olibligi sababli “Yil brendi”ga aylandi. Shu qatorda LG G4 va aqlli soatlar LG Watch Urbane ham mukofot bilan taqdirlandi. Har ikkala qurilma ham foydalanuvchilarning qulayligiga asoslangan falsafani o'zida namoyon etadi. Bu esa qurilma egalarining individual xususiyatlaridan kelib chiqib, oson sozlanadigan oddiy va tushunarli interfeysda namoyon bo'ladi.

“LG Brend-menedjmenti yuqori salohiyatga ega bo'lib, kishida shubhasiz hurmat xissini uyg'otadi. Kompaniya shiori yuqoridagi so'zlarni tasdiqlaydi – “Hayot yaxshi” (‘’Life’s good’’), - deydi Red Dot asoschisi va bosh direktori Piter Zek. LG mahsulotini xarid qilgan har qanday inson hayoti ancha qulay bo'lganini qayd etadi. Kompaniya brendi shu darajada ishonchli faoliyat yuritadi”.

“LGning Red Dot tomonidan yuqori mukofotga loyiq deb topilishi kompaniyaning dizayn sohasida yuqori o'rniga urg'u beradi, yana bir bora innovatsiyalarni ishlab chiqarish, shuningdek gadjetlarimizdan tushunarli va qulay tarzda foydalanishni takomillashtirishga dahldor ekanligini tasdiqlaydi, - deydi Chang-xo No, LG Electronics kompaniyasining vitse-prezidenti va korporativ dizayn boshqarmasi rahbari. – Biz “Innovatsiyalar yaxshi hayot uchun” printsipini hayotga tadbiq etgan holda, ijodiy qarorlarni loyihalashtirish va yaratishda davom etamiz.

Mukofot 6 noyabr kuni Red Dotning har yili Berlinda bo'lib o'tadigan bayram tadbirida LG kompaniyasiga rasmiy ravishda topshiriladi, g'olib bo'lgan qurilmalarni mukofot sayti www.red-dot.de/cd da ko'rish mumkin.

LG Electronics kompaniyasi haqida (KSE: 066570.KS) yuqori texnologik elektronika, zamonaviy mobil aloqa va maishiy texnika vositalarini ishlab chiqarishda dunyo etakchisi sanaladi. Kompaniyaning butun dunyodagi 119 ta filiallarda 83 mingdan ortiq kishi ishlaydi. LG kompaniyasi to'rtta bo'linmadan tashkil topgan: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance&Air Solution i Vehicle Components, ularning umumiy savdo hajmi 2014 yilda 56 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi (59 trillion Janubiy Koreya voni). LG Electronics tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarishda jahondagi etakchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, LG Electronics “2014 ENERGY STAR Partner of the Year” mukofotining sovrindoridir. Qo'shimcha ma'lumot uchun www.lg.com saytiga murojaat qilishingizni so'raymiz.

LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi to'g'risida

LG Electronics Mobile Communications mobil aloqa sohasida yangilik yaratuvchi va trendlarning qonun tamoyillarini ishlab chiqaruvchi sanaladi. LG ekran, batareykalar va kamera uchun optikalar sohasida kuchli raqobatbardoshli texnologiyalar yordamida, shuningdek bozordagi asosiy etakchilar bilan strategik hamkorlik hisobiga mobil texnologiyalar taraqqiyotiga xissa qo'shib kelmoqda. LGning iste'molchi uchun mo'ljallangan mahsuloti, xususan premium sinfining G seriyasiga oid flagman modellari ham o'zining ergonomik dizayni va qulay foydalanish imkoniyatini ta'minolovchi, iste'molchini his etib turuvchi funktsiyalari bilan ajralib turadi. Kompaniya foydalanuvchilarga smartfonlar, planshetlar orasida ulanish uchun keng imkoniyatlar, maishiy texnika va mobil qurilmalarning turli xil tanlovga ega modellarini taklif etgan holda, mijozlarga yangi birgalikda harakat qilish davrini o'zlari uchun kashf etishda yordam berishga intiladi.