Смотреть

Smartfonlar  | 
16 Sen 2016   4919

Smartfon kameralari davridagi hayot. LG bilan imkoniyatlarni kengaytirish.

 Mobil fotografiyalarning urfga kirishi zamonamizdagi muhim trendlardandir. Muayyan lahzani o‘z vaqtida muhrlab olish imkoniyati o‘zimiz va atrofimizdagi olam haqidagi tasavvurlarimiz ancha o‘zgarib ketdi. Bugun, smartfonlar davrida, deyarli har bir inson suratga olish kamerasiga ega bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ularning keng imkoniyatlarga ega kameralari oddiy telefonlarda mavjud bo‘lmagan katta miqdordagi vazifalarni bajaradi. Fotografiyalardagi yangi texnologiyalar bizni o‘rab turgan borliqni o‘zgartirib yuboradi!

Foydalanuvchilar keng funksionallikka ega kameralarni afzal ko‘rganligi tufayli smartfonlarning kameralari ommalashib ketdi. Shuningdek, smartfonga suratga tushirish trendi sharofati bilan qo‘shimcha smart-aksessuarlar paydo bo‘la boshladi. Eng oddiy monopodlardan professional modullargacha, masalan, LG 360 CAM va LG CAM Plus kabi mahsulotlar shular jumlasidandir. Moslamalar ustida ishlagan mutaxassislar kameralarni turli ilovalarga integrallashtirishning ijodikorona usullarini topishga e’tibor qaratgan. Texnika ishlab chiqaruvchilari mahsulotlar orasidagi aloqaning aqlbovar qilmas usullarini taklif etib, kameradan qoyilmaqom tarzda foydalanadi. Ular esa o‘z navbatida suratga olishni shunchaki lahzalarni tutib olishdan mazmunliroq mashg‘ulotga aylantiradi.

Bunday platformalarni yaratishda davom etganimiz sari, oldinda bizni nimalar kutayotganini shunchaki tasavvur qilimizgina mumkin. Old kamerasi mavjud “aqlli telefonlar” paydo bo‘lishi bilanoq smartfonlar yordamida videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. O‘shandayoq ular odamlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha favqulodda foydali ekanini tasdiqladi, smartfonlarning kompaktliligi va qulayligini yangi darajaga olib chiqdi. Videoqo‘ng‘iroq qilish imkoniyati tibbiyotga ham ta’sir ko‘rsatdi. Endilikda shifokorlar bemorlariga maslahat berish va davolash xizmatlarini Yerning boshqa chekkasida bo‘lib ham ko‘rsatishlari mumkin. Bu texnologiya ko‘p marotaba favqulodda vaziyatlarga tushgan insonlar umrini qutqarishga yordam berdi. Har kuni zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchilar video signalning kechikishi, ulanishdagi uzilishlar va mozaikali video kabi muammolarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Hozirgi kundagi frontal kameralar oldingi avlod smartfonlarining kameralaridan kattaroq sifatda tasvirga tushirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Masalan, 8MP u LG G5 se ning old kamerasi atigi uch yil odingi G2 versiyasidan anchagina kuchli. Albatta, kamera sifati birlamchi ahamiyatga ega. 

 

O‘lcham masalasi smartfonlar kamerasiga cheklovlar qo‘ygani bois ishlab chiqaruvchilar smartfonlarga keng burchakli ob’ektivlar o‘rnata boshladi. Bu yili LG G5 se modeli sotuvga chiqarilganda, birnchi marta inson ko‘zidan ham kengroq qo‘rish maydoniga ega smartfon ob’ektivi dunyo yuzini ko‘rdi. Yangi imkoniyatlar tufayli hozirda internet bo‘ylab kuniga ko‘plab ajabtovur tasvirlar paydo bo‘lmoqda. Keng burchakli obyektivning paydo bo‘lishi manzaralarning o‘zining mavjud kattaligida muhrlanishini anglatadi. Ta’kidlash kerakki, katta miqdordagi odamlar ishtirokidagi jamoaviy selfilar qilish imkoniyatini beruvchi ko‘rishning keng burchagi LG tomonidan ilk marta V10 smartfonida foydalanilgan edi. Biroq innovatsiyalar va qulay funksiyalar muvozanatiga bo‘lgan ehtiyojni tushungan holda, LG kompaniyasi iste’molchilar mahsulotdan iloji boricha lazzatlanishlari uchun loyihalar ustida ishlash jarayonlarini takomillashtirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarning kelajagi

So'nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarning asosiy qismi sanalgan matnlar o'z yetakchiligini suratlarga bo'shatib bermoqda. Facebook asosiy urg‘uni videoga qaratar ekan, kelgusi 5 yillikda video kontent matnlarni butunlay siqib chiqarib an'anaviy televideniye rolini ham o‘ziniki qilib olishiga hech bir shubha qolmaydi.

Soha mutaxassislarining fikricha, yaqin orada rasmlar hamda 360 gradusli videolar ijtimoiy tarmoqlardagi eng oldi trendga aylanadi. Shu yozda LG yuqori potensialga ega bo‘lgan LG 360 CAM kamerasini taqdim etdi. Moslama foydalanuvchilarga ta'sirchan, jonli va rang-barang suratlarni reallikka yaqin darajada muhrlab olishlariga ko‘maklashadi. Texnologiyalarning keng ko‘lamli yoritish vazifasi takomillashib borgani sari har bir inson o‘zini jurnalistdek his qila boshlaydi. Axir eng qiziqarli reportajlar kerakli vaqt va kerakli joyda paydo bo‘lgan oddiy odamlardan yetib keladi. Keng ko‘lamli yoritish ishlari moslamadan portativlikni talab qiladi. Texnologiyalar endigina rivojlanish bosqichida turganiga qaramasdan, Facebook, YouTube va shunga o‘xshash kompaniyalar allaqachon uni ijtimoiy tarmoqlar uchun xit ekanligini ta'kidlashmoqda.

Yaqin orada smartfon kameralari uy va texnika vositalari bilan yakdil faoliyat yuritishining ham yo‘llari o‘ylab chiqilishi shubhasiz. Axir har qanday texnologiyaning cheksiz imkoniyatlari faqatgina bizning dunyoqarashimiz bilangina chegaralanishi mumkin. Real va virtual dunyo orasidagi farq kundan-kunga kamayib borayotganini inobatga olsak, kim biladi, balki yaqin orada ushbu farq umuman yo‘qolar.