Смотреть

Konditsionerlar  | 
4 Apr 2018   3257

LG shamollatish tizimlarining “yashil” sovutgichi (xladagent) iqlim o'zgarishiga ta'sirini kamaytiradi

LG R32 sovutgichi bilan ekologik mahsulotlarni yaratish bo'yicha yanada qattiq choralarni ko'rmoqda
 
LG Electronics o'zining HVAC (isitish, ventilyatsiya va havoning konditsiyalash tizimi) tizimlarida R32 sovutgichidan foydalanishni kengaytirib, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirmoqda. HVAC tizimi uchun texnologik kashfiyot sifatida baholanayotgan R32 sovutgichi atrof-muhitga salbiy ta'sirni sezilarli darajada kamaytirishini ko'rsatmoqda. Iqlim o'zgarishi haqiqiy muammo bo'lib, uning ta'sirini hamma joyda sezish mumkin. Mazkur hodisani bartaraf etish uchun mo'ljallangan xalqaro shartnomalar sonining ortishini hisobga olib, HVAC tizimining salbiy ta'siri sanoat uchun muhim masala bo'lib qolmoqda. Butun dunyo hukumati mazkur muammoga jiddiy e'tibor qaratmoqda hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradigan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish uchun HVAC sohasidagi nizomlarni joriy qilishni ko'rib chiqmoqda.

 

 

 

Mazkur soha korxonalari barqarorligi yuqori bo'lgan sovutish uskunalarini qo'llashga alohida e'tibor qaratdi va shu tarzda, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishga o'z hissasini qo'shmoqda hamda soha oldida qoidalarga rioya etish uchun yangi muammolar mavjud. Mijozlarning turli ehtiyojlarini inobatga olgan holda, atrof-muhitga ta'sir qilishidan tashqari sovutgichning samaradorligi va sifatini ham hisobga olish lozim. Turli omillarni hisobga olib, sovutgichlar orasida R32 oliy deb hisoblanadi.
 
Dunyoda HVAC tizimlarida eng ko'p ishlatiladigan R410A sovutgichga nisbatan R32 ning quvvatdan foydalanishda yuqori samaradorligi o'z vazifasini bajarish davomida kam quvvat sarf etishi isbotlangan. R32 sovutgichining iqlim o'zgarishi salohiyati 675 ga teng, bu esa R410A ga nisbatan 70 foizga kam. Bundan tashqari, ozon qatlamining yemirilish salohiyati R32 da nolga tenglashtiriladi. Shuningdek, R32 yagona komponent bo'lib, foydalanishda va qayta ishlashda yanada qulayligi, shu bilan birga tez alanga olishi bilan faxrlanishi mumkin.
 
Yevropa Ittifoqining ekologik toza sovutgichlardan foydalanishga qaratayotgan e'tiborining o'sib borishini hisobga olib, LG joriy yilda HVAC uchun turli xildagi yechimlarni R32 ni qo'llash yordamida Yevropadan boshlab taklif qilishni rejalashtirmoqda. Innovatsion sovutgich LG tizimidagi maishiy konditsionerlar, multi-split tizimlar va havoni shamollatishga mo'ljallangan yarim sanoat uchun uy-joy hamda savdo tizimlarida qo'llaniladi. R32 sovutgichini yuqori samaradorligidan foydalanish uchun qo'shimcha tarzda, LG muntazam tokning cho'tkasiz elektrodvigatel invertor kompressori, yuklanishni intellekt boshqarish va yuqori kuchlanishni nazorat qilish kabi funktsiyalarni qo'llaydi. Multi-split tizimi energiya iste'moli sarfining yanada kam darajasiga erishdi, bu esa energiya samaradorligining mavsumiy koeffitsienti 8,5 ga tengligini ko'rsatmoqda. LG yuqori samarador va ekologik toza R32 sovutgichi asosida ko'proq yechimlardan foydalangan holda barqaror HVAC tizimlarini yaratishga va nou-xau qobiliyatlarini namoyish etmoqda.
 
Sovutgich hatto kichik hajmda ham iqlim o'zgarishi va ozon qatlamining yemirilishini salohiyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Ekologik jihatdan qulay bo'lgan jihatlariga qo'shimcha tarzda, R32ni yuqori darajada ishlab chiqarilgani bilan faxrlanish mumkin. R32 sovutgichini zarur modda bilan to'ldirish R410A sovutgichiga nisbatan 15 foizga kam va bu esa, isitish va sovutish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi. R32 yagona sovutgich bo'lib, R410A ga nisbatan aralash bo'lmagani uchun, uni o'rnatish oson. Bundan tashqari, sovutgichning yuqori bosim darajasi R410A dan foydalanishga nisbatan sig'imdorligi katta.
 
Mazkur sovutgichning atrof-muhitga ta'siri kamligini inobatga olib, R32 sovutgichiga bo'lgan talab ortishi kutilmoqda. LG innovatsion texnologiyalarining iqtisodiy salohiyati va R32ning afzalliklari tufayli kompaniya HVAC sohalarini namoyish etishga harakat qiladi, bunda esa yanada ekologik toza brendning nomi "yashil" texnologiyalarga o'tish orqali erishish mumkin.