Смотреть

Smartfonlar  | 
18 Fev 2016   6674

Yangi telefon sotib olish haqida o'ylanayapsizmi? Foydali xaridlarning ayni vaqti!

G4 seriyasi LG dan maxsus takliflarda

Endilikda smartfon aloqa vositasigina emas. U hayotimizning bir qismi, sirlar, istaklar va rejalarimizni saqlovchi hamdir. Bizning o'zimizga xosligimizni maksimal darajada ajratib turuvchi qurilmaga ega bo'lishni istashimiz tabiiydir. Shu bilan birga funktsional ham oliy darajada bo'lishi lozim. LG G4 premium-smartfonlari lineykasidagi aynan shu nomdagi flagman, shuningdek G4 Stylus va G4 Mini modellarida o'zgacha dizayn va zamonaviy texnik qobiq mujassam.

Smartfon yordamida professional tasvirlar darajasidagi suratlarni amalga oshirish mumkinligini tasavvur qila olasizmi? G4 flagmani yordamida bu imkoniyatga egasiz. 16 Mp matritsa kengaytmasidagi kamera va shu paytga qadar ko'zguli fotoapparatlardagina mavjud bo'lgan maxsus sozlagichlar bilan professional fotosuratlar o'zining turfa olami bilan namoyon bo'ladi. Selfi lavhalari imkoniyatlari va sifati to'g'risidagi tasavvurlaringizni butunlay o'zgartirishga qodir bo'lgan 8 megapikselli old kamera yoqimli sovg'aga aylanadi. Smartfonda bir qator innovatsion ishlanmalar amalga oshirilgan, ulardan biri Smart FAQ optsiyasi bo'lib, yozishmalar asosida qaysi vaqtda nimani eslatish keraklini o'zi aniqlaydi. Umuman olganda, G4 smartfoni kishini hayratga solish uchun yaratilgan. Zamonaviy, elegant va biroz egilgan korpus, orqa panel qo'lda ishlangan tabiiy charm bilan qoplangan – bularning bari o'ziga xosligingiz va uslubingizni maksimal darajada ajratib turishga yordam beradi.

G4 Stylus modeli an'anaviy ravishda premium-klass qurilmalari lineykasining davomiga aylandi. Biroz egilgan shakl, orqa panelning o'zgacha ranglar jilosi va nihoyat o'ziga xos uslubi uni osonlik bilan tanitadi. Ushbu model ergonomika borasida idealdir, Rubberdium raqamli perining mavjudligi katta ekranda osonlik bilan rasm chizish va eslatmalar yaratish imkonini beradi. Aynan 5,7 dyuym diagonalli ekran va 13 megapikselli, lazer avtofokusli asosiy kameraga egaligi tufayli G4 Stylus u qadar katta bo'lmagan planshet va ishqibozlar fotoapparati o'rnini mutlaqo bosa oladi.

G4 Mini modelida premium-funktsiyalar va originallik mujassam. Uni yana o'sha egilganlik va metal effektiga ega bo'lgan relefli orqa paneldan oson tanib olish mumkin.
G4 Mini smartfoni Android™ 5.1 Lollipopning so'nggi talqini, yaxshi kamera, chidamli batareya, so'nggi ilg'or texnologiyalar va a'lo darajadagi dizaynli smartfonga ega bo'lish istagida bo'lganlar uchun oliy echimdir. U 8 yadroli protsessor, 8 Gb hajmidagi xotira, 8 MP asosiy kamera va 5 MP old kamera bilan jihozlangan bo'lib, foydalanuvchiga har qanday vaziyatda harakatlarning to'liq erkinligini ta'minlab beradi.

G4 seriyasidagi smartfonlardan birining egasi bo'lishga shoshiling, 24 oktyabrdan 30 noyabrga qadar Toshkent shahrida « LG smartfonini sotib ol va korzinka.uz supermarketlari tarmoqlarida xaridni amalga oshirish uchun sertifikatni qo'lga kirit» aktsiyasi bo'lib o'tyapti. O'yinda G4, G4 Stylus, G4 Mini modellari, shuningdek LG Magna, Spirit va Leon smartfonlari ishtirok etmoqda.