Смотреть

Smartfonlar  | 
18 May 2018   2958

LG G7 ThinQ sotuvi tez orada Janubiy Koreyadan boshlanadi

 

LG kompaniyasining yangi premium smartfoni yanada yorqinroq ekran, ajoyib kamera, yuqori ovoz va foydali SI funksiyalariga ega
 
LG Electronics kompaniyasining yangi mahsuloti LG G7 smartfoni taqdimoti yaqin kunlar ichida Janubiy Koreya savdo do‘konlarida, so‘ngra esa Osiyo, Amerika va Yevropaning asosiy bozorlarida bo‘lib o‘tadi. Rasman ikki hafta oldin e'lon qilingan LG G7 ThinQ ichki o'rnatilgan sun’iy intellekt vazifalar bilan G seriyaning birinchi flagmani bo'ladi. Smartfon, shuningdek, barcha funksiyalarga ega bo‘lib, foydalanuvchilar tomonidan kutilgan oliy toifadagi mahsulot uzoq vaqt mobaynida zamonaviy va dolzarbligicha qoladi.
 
Qualcomm® Snapdragon™ 845 mobil platformasida ishlaydigan LG G7 smartfoni yuqori yorqin ekranga ega bo‘lib, u jonli ranglarni aks ettiradi va hattoki quyosh nurlari ostida 1000 nitgacha yorqinligini saqlaydi. Diagonali 6.1 dyuymli va nisbati 18.5 dan 9 gacha bo'lgan QCD + FullVision ekrani (3120 x 1440 ) bir qo‘lda ham oson ishlatish uchun mo'ljallangan.
 
Bumboks dinamiki esa odatiy smartfon bilan taqqoslanganda ikki baravar kuchli ovoz bilan ko‘proq jarangdor muhitni yaratishi tufayli foydalanuvchilarni hayratga solmoqda. Smartfonni qattiq yog‘ochli yoki metall yuzasiga joylashtirilganda foydalanuvchilar bassning butun hajmini his etishlari mumkin. Shuningdek, G7ThinQ 32-bit Hi-Fi Quad DAC orqali yuqori sifatli ovozni ijro etish uchun 3,5-mm audiohajm bilan jihozlangan bo‘lib, audio entuziastlar uchun smartfonni maqbul variantga aylantiradi.
 
Yangi 8 megapikselli old kamera va ikki karrali 16 megapikselli asosiy kamera fotolarning sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Keng burchakli linzalar kadrga ko‘proq odamlarni hamda panorama ko‘rinishlarini sig‘diradi. Yanada muhim funksiyalaridan bo‘lgan AI CAM tasvirga olinayotgan obyektdan qat’iy nazar tasvirga olish tartibini avtomat ravishda muqobillashtiradi, super yorqin kamera esa tasvirning qoraygan joylarini 4 barobargacha donadorligini oshiradi. Bundan tashqari, LG G7ThinQ bozorda birinchi smartfon bo'lib, oldindan o‘rnatilgan Google linzalar ilovasini taqdim etadi. O‘tgan Google I\O konferensiyasida ko‘rsatilganidek, Google linzalar kuchli sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘shib, foydalanuvchilarga qo'shimcha ma'lumot olish va smartfon kamerasi hisobidan vazifalarni bajarishga imkon beradi.
 
LG G7 - smartfon qutisiga joylashtirilgan sun'iy aqlni qo'llagan kuchli vazifalar to'plami. G7 Google Lens va Google Assistant vazifalariga tezkor kirish uchun Google Assistant kalitini taqdim etadigan birinchi smartfondir. Kalit "OK Google" buyrug'idan foydalanganingizdan ko'ra, ovozli buyruqlarni tezkor va bilimdonlik bilan bajarishga imkon beradi. Ovozni aniqlash funksiyasi super uzoq masofadan turib ovozli buyruqlarni 5 metrgacha masofadan aniqlaydi, shuning uchun G7 bir xonada so'rovlarni qabul qiladigan va bajaradigan "aqlli" ovozli yordamchiga aylana oladi.
 
«LG G7 ThinQ – bu kuchli asosiy funksiyalarga va shunisi hayratlanarliki, sun’iy intellekt texnologiyalariga ega bo‘lgan va foydalanuvchilarga qulaylikni yana bir yuqori pog‘onaga olib chiquvchi smartfondir», - deb ta’kidlaydi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining katta vitse-prezidenti va biznes bo‘linmasi rahbari Xa Chon-yuk. – «Ishonchimiz komilki, foydalanuvchilar smartfondagi sun’iy aql afzalliklarini anglaganlaridan so‘ng, ular LG G7ThinQ orqali kundalik yumushlari bajarilishi samaradorligining barcha usullariga darhol guvoh bo‘lishadi».