Смотреть

Smartfonlar  | 
10 May 2018   2837

LG V30 + SMARTFONI YANGILANGAN OPERATSION TIZIMNI QO’LGA KIRITDI

 

Yangi Android 8.0 Oreo ning kelishi bilan bir vaqtda, flagman modelining korporativ qobig'i yangilandi,  kameraning yangi funksiyalari va smartfon sozlamalari o'rnatildi
 
MOSKVA, 10 may 2018 yil. - LG Electronics kompaniyasi (LG) Android operatsion tizimining Oreo  8.0 versiyasi chiqarilganini va Rossiyada flagman LG V30 + smartfonlarining korporativ qobig'i yangilangani haqida xabar beradi.
 
Intellektual kameraning yangi funksiyalari
 AI Cam rejimi yoqilishi bilanoq, kamera avtomat ravishda obyektni aniqlaydi va tasvir uchun eng maqbul  rejimni tavsiya etadi.  Sozlamalarda “Yorqin rejim”ni tanlanganda, kamera yorug‘lik kuchsiz bo‘lgan joylarda tasvirni sifatli chiqishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, kamera sozlamalarida tezkor panel paydo bo‘lib, unda foto va videolarning o‘lchamlarini tezda tanlash imkoni bo‘ladi.
 
 LG V30+ sozlamalarining yangilangan menyusi
Yangilangan qobiqda foydalanuvchilar LG smartfonlarining xususiy funktsiyalariga tezda kirishlari mumkin, misol uchun "Displey" bo'limida "Mini-oyna" ga o'tish.  LG V30 + menyusi bo‘ylab navigatsiya osonlashtirilgan, ekranning quyi qismida “Yana biror nimani izlayapsizmi?”  degan oyna, shuningdek sozlamalarning mantiqiy ustuvorligi mavjud. Shu bilan birga, smartfonda ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda muloqot qilish uchun yangilangan smayllar paydo bo‘lgan.
 
Android 8.0 Oreo
 Android 8.0 Oreo versiyasi yangilanishi bilan foydalanivchilar uchun xabarnomalarning   yangi tashqi ko‘rinishi, dimamik ikonkalar, “tasvir ichida tasvir” funksiyasi, shuningdek protsessorda faol bo‘lmagan ilovalar uchun og‘irlikni kamaytiruvchi texnologiyalar va ko‘plab yangi operatsion tizimlar foydalanish uchun mavjuddir.
 
LG o'zining flagman uskunalarining dasturiy ta'minotini eng tezkor yangilanishini va yangi mos aqlli vazifalarni taqdim etishga harakat qiladi. Ushbu maqsadga erishishda Janubiy Koreyada yangi dasturiy ta'minotni yangilash markazini yaratish uchun xizmat qildi. Dasturiy ta'minotni yangilash markazi Seulning g'arbiy qismidagi Magokdon shahridagi LG ning ilmiy-tadqiqotlar kampusida joylashgan va  LG foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ishlari buning yaqqol bir misolidir. Dasturiy ta'minotni yangilash markazining vazifalariga nafaqat LG smartfonlar uchun muntazam yangilanishlarni ishlab chiqish, balki ularni o'rnatishdan keyin LG qurilmalarining barqaror ishlashini ta'minlash hamdir.