Смотреть

Smartfonlar  | 
23 Fev 2017   4151

LG G6 smartfoni ishonchlilikning eng yuqori standartlariga javob beradi

LG G6 modeli jiddiy sinovdan o'tkazilish va konstruksiyadagi himoya jihatlarining borligi tufayli ishonchlilikning yangi standratlarini o'rnatmoqda

SeUL, 2017 yil 22 fevral. LG Electronics (LG) kompaniyasining LG G6 yangi smartfoni ishonchlilikning yangi standartlarini o'rnatmoqda.

Kompaniya mahsulotning eng keskin sharoitlarda ishlashiga oid bir necha murakkab sinovlarni o'tkazdi (tezlashtirilgan sinovlarda qo'llaniladigan odatiy usullardan ancha murakkabroq).

Uzoq muddat davomida ishlash uchun sinovlarda harorat ta`siriga uchratish, namlik, chang va boshqa zarralarning kirishi, zarbalar, balandlikdan yerga tushish hamda boshqa xavfli ehtimoliy ta`sirlar yuzasidan tajribalar o'tkazildi. Bunday sinovlar doirasida smartfon konstruksiyasining turli elementlari jiddiy tekshirildi – xususan, protsessor, ekran, akkumulyator, kamera va barmoq izlarini olish skaneri.

Yangi iqlim sinovlari kompleksi smartfonni bir vaqtda bir necha omillar ta`siriga uchratdi, bu uning turli jihatlari har xil sharoitlarda ishlashi ishonchliligini baholash imkonini berdi.

LG kompaniyasi mustahkamlikni oshirish uchun ikki muhim jihatga bor harakatlarni qaratdi: issiqlikni yo'qqa chiqarish va akkumulyatorning ishlashi. Issiqlikni yo'qqa chiqarish issiqlik trubkasini o'rnatish orqali yaxshilandi, bu hamda yangi konstruktiv qarorlar natijasida akkumulyator ishonchliligi oshdi.

Ishonchli smartfonni loyihalashtirishdagi eng asosiy vazifalardan biri – issiqlikni optimal darajada yo'qqa chiqarishni ta`minlash. Ortiqcha issiqlik nafaqat korpusni qo'lda ushlash uchun noqulay qiladi, balki akkumulyator ishlash muddatining pasayishiga ham olib keladi. LG G6 smartfonida issiqlikni yo'qqa chiqarish uchun maxsus issiqlik trubkasi o'rnatildi. Issiqlik trubkalari misdan tayyorlanib, noutbuk va uy kompyuterlarida issiq haroratni yo'qqa chiqarish uchun ishlatiladi. LG G6 modelidagi issiqlikni yo'qqa chiqarish tizimi protsessor haroratini 6-10 foizga kamaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, LG G6 smartfonini loyihalashtirishda issiqlikni o'tkazmaslikning yaxshilanishi uchun protsessor va yuqori haroratning yana bir manbasi – displey kontrolleri o'rtasidagi masofa oshirildi.

«Biz G6 modelini chiqarish bilan ishonchlilik va sifat standartlarini yangi darajaga chiqarmoqdamiz, - deya ta`kidlab o'tdi LG Mobile Communications kompaniyasining katta vitse-prezidenti va xalqaro faoliyat bo'yicha rahbari Li Suk-Djong (Lee Suk-Jong). — LG kompaniyasi, har doimgidek ajoyib sifatga ega ishonchli mahsulotni chiqarmoqda, u o'tkazilayotgan sinovlar bilan kafolatlangan. Iste`molchilar bizning mahsulotga butunlay ishonch bildirishmoqda».

LG G6 modeli Barselona (Ispaniya)dagi MWC 2017 ko'rgazmasida 26 fevral kuni namoyish etiladi.