Смотреть

TV / Audio / Video  | 
16 Apr 2019   1795

LG AKS ETTIRISH TIZIMI - BARCHANING DIQQAT-E’TIBORINI JALB ETISH VA USHLAB TURISH

LG Electronics (LG) va Hi-Tech Media distribyutori AVClubPro onlayn platformasida standart Full HD panellari, UHD panellari, videodevorlar uchun displeylar hamda shaffof va egri OLED panellarining afzalliklari haqida so‘zlab beruvchi professional displey yechimlarga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazishdi. Masofaviy shaklda o‘tgan vebinar yanada keng doiradagi malakali mutaxassislarni professional displeylar sanoatidagi yutuqlar bilan tanishish imkonini berdi.

 Hi-Tech Media - LGning yangi rasmiy distribyutori bo‘lib, mijozlarga LG Electronicsning  turli xildagi professional mahsulotlari, jumladan UltraHD displeylar, videodevorlar uchun displeylar, sensorli displeylar, UltraStretch ekranlar va, albatta, buyurtmachilarga betakror kompozitsiyalarni yaratish imkonini beradigan standart hamda mutlaqo ajoyib: qayrilgan yoki shaffof namunaviy OLED displeylarini taklif etadi.

Vebinar boshlovchi: Pavel Novgorodsev, Hi-Tech Mediada LGning brend-menejeri.

Ma’ruzachilar:

Nikolay Alayev, LGElectronicsning loyihaga oid savdo bo‘limi boshlig‘i;

Grigoriy Astaf’ev, LGElectronicsning biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri;

Irina Xorxol, LGElectronicsda B2B marketingi bo‘yicha menejer.

VEBINAR DASTURI:

- LGElectronicsning B2B show-room bo‘yicha ekskursiya

- Standart Full HD panellari,  videodevorlar uchun UHD panellari, displeylar va o‘ta ingichka OLED panellarining yangi avlod texnologiyalari taqdimoti.

- Amalga oshirilgan muhim loyihalar sharhi.

Vebinar ishtirokchilari chakana savdo do‘konlari va savdo galereyalarida mahsulotlarning namoyishi uchun mo‘ljallanganajoyib LGTransparentOLEDSignage shaffof displeylari bilan tanishishdi. Shu bilan birga, uning ortiga mahsulotlar joylashtiriladi va 38% ga shaffof displey sabab to‘liq ko‘rinib turadi.  Bu vaqtda, ekranda mahsulotning o'zida joylashgan video yoki tasvirlar ko'rsatiladi. Shaffof OLED displeylarida hech qanday ramkalar mavjud emas, bu sizning ekraningizda bir nechta displeydan iborat yagona namoyish qilish imkonini beradi. Ushbu yechim muhim ahamiyatga ega bo'lgan katta maydonlar, masalan, avtosalonlarda xaridorlar bilan o‘zaro hamkorlik  hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda idealdir.

Bundan tashqari, LG ning rangli shaffof LEDFilm displeyi namoyish etildi - bu har qanday shisha yuzaga joylashtirilgan va sehrli tarzda raqamli displeyga ega bo'lgan katta qurilmadir. Maksimal ekran shaffofligi 73% gacha bo‘lib, uning ostidagi shisha o'zining xususiyatlarini saqlab qoladi - displey ishlatilmaganda ekran ko'rinmaydi ham.  Displey plyonkasi o'zi yopishadigan xususiyatga ega va olib tashlanganda yopishqoq izni qoldirmaydi. Displey  shaffofligini yo'qotmasdan 24 mm hajmdagi piksel hajmida keng rang oralig'ini uzatadi. Ushbu noyob yechim har qanday tasvirni namoyish qilish uchun juda mos keladi: brend  timsolidan tortib to to'liq videolargacha.

Texnik yechimlardan tashqari, vebinar boshlovchisi ishtirokchilarni LG Electronics va Ostankino teleminorasi jamoasi bilan markazlashtirilgan kontentni boshqarish bilan ekranni namoyish etish bo‘yicha hamkorlikda yaratilgan loyiha bilan tanishtirdi. O'zgarishlar muzey ekspozitsiyasiga ta'sir ko'rsatdi, shuningdektomosha maydoni ham qayta ta’mirlandi.

Professional displeylar yo'nalishi bo'yicha: LG o'zining istak va moliyaviy imkoniyatlariga muvofiq xaridorning har qanday talablarini qondirish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Xususan, xona ichida shinamlikni yaratilishi endi dizaynerlarning fikrlarini makon estetikasini buzmagan holda to'ldirishi mumkin. Zamonaviy displeylar savdo markazlaridan tortib ta'lim muassasalariga qadar turli sohalarda axborot stendining vazifasini birgalikda amalga oshiradi, parallel ravishda bir nechta vazifani hal etadi.

Vebinarga yozilish quyidagi havola orqali mavjud: https://www.youtube.com/watch?v=pTTZ676HCZY&feature=youtu.be