Смотреть

AT mahsuloti  | 
4 Mart 2016   4948

LG 360 CAM va Google street view bilan 360 gradusli kontentni bo'lishing va bahra oling

Standart kontent bilan Google Street View kontentining monandligi, LG’dan yangi kamera mobil ekotizimda 360 gradusli kontent yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. 

O'tgan haftada Mobile World Congress ko'rgazmasida LG 360 CAM’ni taqdim etgach, LG Electronics (LG) kompaniyasi mobil uskunalar yordamida 360 gradusli vizual kontent yaratish va foydalanishga bo'lgan qiziqishning ortishini kutmoqda. LG 360 CAM va G5 smartfoni kabi qulay narxli hamda xaridor ehtiyojlaridan kelib chiqqan uskunalarning iste'molga chiqarilishi 360 gradusli kontentni yaratish hamda foydalanishni yo'lga qo'yish xuddi tugmalarni bosishdek oson bo'ladi. 

Aksariyat telefonlar kamerasi faqatgina panorama rejimiga ega bo'lgan bir paytda, 360 gradusli sharsimon (sferik) tasvirlar va videolar ko'ringan barcha narsalar, jumladan zamin va osmonni ham, egallagan holda ularning yaratilish darajasini yuksaltiradi. O'zining ixcham portativ hajmi hamda yuqori aniqlikdagi tasvirlari bilan LG 360 CAM 360 gradusli kontent yaratish borasidagi o'sib borayotgan tendentsiyada afzallikka ega bo'lgan tasvirlarni qayta ishlash uskunasi hisoblanadi. 

Bundan tashqari, bu smartfonlar ishlab chiqaruvchisidan Google (OSC) sferik kamerasi ochiq interfeysini qo'llab-quvvatlovchi Google Street View uchun moslashtirilgan birinchi kamera hisoblanadi. iOS yoki Android’ga o'rnatilgan Google Street View bepul ilovasi yordamida LG 360 CAM egalari to'g'ridan-to'g'ri o'z telefonlari orqali 360 gradusli kontentlari bilan osongina suratga olish, yuklash va bo'lishish imkoni mavjud. Bunda fayllarni zarur formatga solish uchun ularni qayta ishlash kabi dahmazalarga hojat bo'lmaydi.  

LG 360 CAM uchta ichki mikrofonga ega hamda 5.1 kanalli hajmda ovoz yozib olishni uddalaydi. 1,200mAch sig'imli ichki batareya bilan boyitilgan, u 70 daqiqagacha videoyozuvni ta'minlay oladi. MicroSD karta uchun o'rnatilgan slot evaziga kamera xotirasi maksimum 2Tb’gacha kengaytirish mumkin. 

“LG 360 CAM to'g'risidagi tasavvur 500 milliondan ortiq Street View foydalanuvchilari hamda 360 gradusli kontent yaratish va ishlatishni xush ko'ruvchilar uchun katta ahamiyatga ega. 16Mp tasvirlar yaratish imkoniyati evaziga LG 360 CAM 360 gradusli kontentdan bahra olishni istaganlar uchun eng maqbul tanlov bo'ladi”, - dedi Google Street View mahsulotlari menejeri Charlz Armstrong.

“Yaqin kunlarga qadar 360 gradusli tasvirlar va videolar yaratish uchun oddiy iste'molchilar imkoniyatidan tashqari bo'lgan qimmatbaho va og'ir uskunalar talab etilardi. LG 360 CAM foydalanuvchilarga osongina o'z kontentini yaratish va ularni do'stlari bilan erkin bo'lishish va shu tariqa LG Playground doirasida yangi mobil ekotizimi tajribasiga ega bo'lish uchun zamin yaratadi”, - dedi LG Mobile Communications kompaniyasi vitse-prezidenti va mahsulotlarni rejalashtirish raisi Xun-ju Kim. 

Asosiy xususiyatlari:
Kamerasi: 13 megapikselli 2 ta sensor  (chiqish o'lchovi 16Mp)
Tasvirga olish rejimlari: sferik 360 gradus / yarimsferik 180 gradus
O'lchovi: 40 x 97 x 25mm (qoplamsiz)
Og'irligi: 76.7g (qoplamsiz)
Ovozi: 3 ta mikrofon / 5.1 kanalli ovoz yozish 
Batareya: 1,200mAch
Xotirasi: karta microSD (do 2Tb)
Ulanishi: Wi-Fi / Bluetooth
Rangi: kumushrang