Смотреть

Smartfonlar  | 
10 Mart 2016   4783

LG G5 sotib olish uchun beshta sabab

Eng orziqib kutilgan LG G5 smartfoni Friends modul kontseptsiyalari bilan bir qatorda Mobile World Congress 2016 ko'rgazmasida namoyish etilgan. Smartfon 33ta sovrin, jumladan, “Eng yaxshi mobil telefonlar va uskunalar” oliy mukofotini qo'lga kiritdi. 

Smartfonlarda ilk bor kengburchakli ob'ektivga ega ikki kamera paydo bo'ldi.

LG G5 ikki 8Mp hamda 16 Mp standart kamera bilan boyitilgan – biri 78 gradus standart ko'rish burchagi, ikkinchisi esa 135 gradus kengburchakli ob'ektivga ega. Bu smartfonlarda shu paytga qadar foydalanilgan eng keng ob'ektiv hisoblanadi. 135 gradusli ko'rish burchagi smartfonlardagi kameralardan 1,7 barobar kengroq va inson ko'zi bilan ko'rish burchagidan 15 gradusga keng. Kengburchakli kamera yordamida siz, masalan, baland binolar yoki keng ob'ektlarni ulargacha bo'lgan masofani uzaytirish zaruratisiz osongina suratga olishingiz mumkin. 

Yanada qulay bo'lishi uchun ekran hamisha yoniq turadi.

Statistika bo'yicha foydalanuvchilar o'z smartfonlarini kuniga 150 martagacha yoqadi, ko'pincha shunchaki vaqtni bilish yoki yangi xabarlarni tekshirish uchungina yoqishga to'g'ri keladi. LG G5 smartfonining 5,3 dyuymli displeyi “Hamisha yoniq” funktsiyasini taklif etadi. Asosiy smartfonning o'zi uyqu rejimida bo'lishiga qaramasdan displey tanaffussiz vaqt va sanani ko'rsatib turadi. Muhim uchrashuvlarda, kinoteatrda yoki qo'llaringiz band bo'lganda bu juda qo'l keladi.

Daylight Mode - kunduzgi chiroq rejimi. Ushbu rejim zamonaviy texnologiya taklif etadigan avtomatik yorqinlikka qo'shimcha sifatida ko'chada ekranning yanada rangin ko'rinishini ta'minlaydi. Atrof yorqinlik darajasini hisobga olib, G5 displey yorqinligini bir zumda 800 nitgacha ko'paytiradi yoki kamaytiradi.

LG’dan birinchi modul tipidagi va  LG Playground imkoniyatlariga ega smartfoni

CAM Plus – universal kamera moduli hisoblanadi, xuddi alohida fotokamera singari qulay ushlash va oson boshqarish uchun uni batareya bo'lmasi orqali ulash mumkin. U odatda raqamli fotokameralarda bo'ladigan ishga tushirish/video yozib olish va kichiklashtirish-kattalashtirish tugmalariga ega. 

Bundan tashqari, modul 1,200 mAch sig'imli qo'shimcha batareya bilan to'ldirilgan. Bu Sizga LG G5 kamerasi sifatidan foydalanish qulayligidan to'liq bahra olish imkoniyatini yaratadi. 

360 CAM ikkita 13Mp 200 gradus kengburchakli kamera bilan boyitilgani evaziga 360 gradusli foto va videolarni suratga olish imkonini beruvchi ixcham kameradir. Foydalanuvchilar 360 CAM orqali o'zlarining LG G5 telefonlarida 360 gradus kontentni osongina ko'ra oladilar. 

V&O Play bilan to'ldirilgan Hi-Fi Plus LG moduli eng yuqori sifatli ovoz taralishini ta'minlaydi hamda B&O Play bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Hi-Fi raqamli-analog o'zgartiruvchi innovatsion audiopleer hisoblanadi.  Odatda bu imkoniyat faqatgina professional audio uskunalardagina mavjud bo'lgan. 

Ovoz jarangdorligini oshiruvchi 32-bit Hi-Fi DAC protsessori texnologiyasiga qo'shimcha sifatida modul yuqori 32-bit, 384 kGts chastotali ovoz taratish imkoniga ega. 

Betakror dizayn hamda jozibador rang

Silliq, to'liq metallik, chetlari himoya shishasi bilan qayrilgan – haqiqiy zamonaviy yangilik. LG metalldan yasalgan butun korpus hamda almashadigan suriluvchan batareyalarni birlashtirishning uddasidan chiqa oldi. Smartfonning pastki qismi engil ajraladi, keyin osongina batareyani olish va to'liq zaryadlangan analogiga almashtirish mumkin. Ushbu yoqimli yangilik to'rtta: kumushrang, kulrang, tillarang va pushti ranglarda taqdim etiladi. 

LG G5 smartfoni eng ko'ngli nozik foydalanuvchilarning ham didiga mos kelishi aniq.