Смотреть

Smartfonlar  | 
18 Yan 2016   4422

LG G4 smartfoni egalari birinchi bo‘lib operatsion tizimni Android 6.0 Marshmallow versiyasigacha yangilashi mumkin bo‘ladi - See more at: http://lgblog.uz/uz/2016/02/18/lg-g4-smartfoni-egalari-birinchi-bo-lib-operatsion-tizimni-android 6-0 marshmallow versiyasigacha yangilashi mumkin bo ladi

LG G4 smartfoni egalari birinchi bo‘lib operatsion tizimni Android 6.0 Marshmallow versiyasigacha yangilashi mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda LG. Polshadagi LG G4 foydalanuvchilari kelasi haftadayoq yangilanmani ola boshlaydi, shundan so‘ng u Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada paydo bo‘ladi.

Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, chunonchi: 

dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi; 

ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi “Bezovta qilmang” rejimi paydo bo‘ldi; 

smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi. 

“Google bilan yaqin hamkorlik tufayli, LG boshqalardan avvalroq G4 uchun Android 6.0 versiyasini taklif qila oldi, — dedi LG Mobile Communications kompaniyasi vitse-prezidenti va marketing aloqalari rahbari Kris Yi. — Albatta, tezkorlik yaxshi servisning yagona belgisi emas, biroq u ishlab chiqaruvchi birinchi navbatda o‘z mijozlari haqida qayg‘urishini ko‘rsatib berishga qaratilgan”.