Смотреть

Smartfonlar  | 
6 Yan 2016   4370

LG smartfonlarining yangi lineykasi qulay narxlarda va yoqimli sovg'alar bilan

Premium-klass elementlari LG kompaniyasidan maxsus takliflarda
LG Electronics kompaniyasi qulay narh,top funktsionallik va g'aroyib dizayn – bir-birini inkor etmaydigan tushunchalar ekanligini yana bir bora isbotladi. Brend modellari funktsionaliga loyiq bo'lgan, o'rta narx kategoriyasidagi smartfonlar kategoriyasini birvarakayiga uch telefon - – LG Magna, Spirit va Leon to'ldirdi.

Yangi smartfonlarning asosiy afzalliklaridan biri - In-Cell Touch texnologiyasidagi katta ekran va a'lo darajadagi grafikadir. Zamonaviy telefonlar displeyi bilan taqqoslanganda, LG yangiliklarida uning taxminan uchdan bir qismiga ingichka ekanligini ko'ramiz, bu esa birinchidan, tasvirlarning ideal darajadagi sifati, ikkinchidan, bosishlarga darhol javob qaytarish demakdir. Siz har bir bosishdan so'ng ilovaning ochilishiga 300 millisekund ketkazmaysiz. In-Cell Touch texnologiyasi tufayli hisoblangan soniyalar ulushi yil davomida kamida 3-4 soatlik shaxsiy vaqtingizni tejaydi.

Tejalgan vaqtni do'stlar bilan o'tkazish va selfi-marafon o'tkazishni istaysizmi? Bu oddiy smartfonlar emas, sizning shaxsiy suratkashingizdir. Original selfilar uchun kerakli yagona narsa – biroz tasavvur. Old kameraga kaftingizni ko'rsating, uni mushtga aylantiring va uch soniyadayoq katta hajmli rakurs, tasvir sifati va ranglar jilosidan bahra oling.

Ko'p hollarda arzon smartfonlar yordamida olingan tasvirlar yorqin va aniq bo'lmaydi, tasvirga tushirish uchun esa bir necha ortiqcha harakatlar talab etiladi. Magna, Spirit va Leon modellari birinchidan yuqori kengaytmali matritsaga ega bo'lgan kamera bilan jihozlangan bo'lib, ikkinchidan bir bosishda suratga olish tufayli, yuqori sifatli tasvirlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ekranga tegishning o'zi kifoya, qolganini kameraning o'zi bajaradi.

Narh diapozoni hisobga olinsa, moddelar haqiqatan ham betakror, chunki qimmat bo'lmagan narhga siz nafaqat o'ziga xos smartfon, balki LG kompaniyasidan kafolatlangan sovg'aga ham ega bo'lasiz. Toshkent shahrida 30 noyabrga qadar “LG sartfonini sotib ol va korzinka.uz supermarketi tarmoqlarida xarid uchun sertifikatga ega bo'l” aktsiyasi o'tkazilmoqda. «Fleshka» va «NEXT savdo markazlari hududida ushbu ikki barobar yoqimli tadbir ishtirokchisi bo'lish mumkin. O'zbekistonning 18 yoshdan oshgan fuqarolariga aktsiyada ishtirok etishlariga ruxsat beriladi. Batafsil ma'lumotlar bilan www.LGblog.uz. saytida tanishishingiz mumkin. Hech kim sovg'asiz qolmaydi!