Смотреть

Smartfonlar  | 
6 Yan 2016   4545

LG smartfonlarining o'rta narx kategoriyasidagi yangi turlari – LG Magna, LG Spirit, LG Leon

Magna, Spirit va Leon modellari o'zida ajoyib dizayn, In-Cell Touch texnologiyali displeylar va premium toifadagi LG smartfonlaridan olingan funktsiyalarni mujassam etadi.
Yangi smartfonlar majmuasi o'rta narx kategoriyasida bo'lib, o'z ichiga LG Magna, Spirit va Leon modellarini oladi. Ular ilk bora mart oyining boshida Mobile World Congress (MWC) xalqaro ko'rgazmasi doirasida taqdim etilgan bo'lib, u erda sho'ining nazokatli tashqi ko'rinishi, optimallashgan ishlash ko'rsatkichlari va keng foydalanuvchilar doirasiga mo'ljallangan qulay interfeys bilan barchaning diqqatini tortdi. An'anaviy tarzda LG kompaniyasi o'z smartfonlarini eng yangi operatsion tizimda chiqaradi; LG Magna, Spirit va Leon Android Lollipop 5.0ning yangi versiyasida chiqariladi. Uskunalar arzon narxda premial dizayn va funktsiyalar rang-barangligini taklif etishi bilan ajralib turadi.

Eng zamonaviy texnika yutuqlari va premium toifasi dizayni unsurlari uyg'unligi tufayli LG hashamat va qulayliklikning ideal muvozanatini topa oldi. Magna modelini 3000 mm egrilik radiusiga ega nafis qabariq displey tufayli qo'lda ushlab turish nihoyatda qulaydir.
LG Magna smartfoni, bu so'z esa lotinchada “buyuk” demak, to'rt yadroli protsessor va kattakon, In-Cell Touch texnologiya yordamida hatto singan oina bilan ishlaydigan, premial modellarga xos bo'lgan 5 dyuymli HD IPS-displey bilan ta'minlangan. In-Sell Touch texnologiyasining yana bir ustunlik taraflaridan biri shuki, chto Magna, Spirit va Leon smartfonlari displeyi qo'l tegishiga tezroq javob beradi.
8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli frontal kameralarga ega LG Magna maxsus selfi ishqibozlari uchun yaratilgandir. Bundan tashqari, LG’ning yangi modeli dastavval premimum toifadagi smartfonlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni taklif qiladi. Masalan, “qo'l ishorasiga ko'ra s'yomka” funktsiyasi yordamida selfi tushirish yanada osonlashadi — frontal kamera ochiq kaftni ko'rsatib, uni musht qilib tugishning o'zi etarli, uch sekunddan so'ng fotografiya tayyor bo'ladi. Glance View funktsiyasi yordamida vaqt, oxirgi xabarlar va qabul qilinmagan qo'ng'iroqlar singari asosiy axborotni hatto bloklangan displey ustida qo'l bilan ekrandan pastga qarab harakat qilish orqali ko'rsa bo'ladi. O'z klassida eng yaxshi bo'lgan 2,450 mA/soat quvvatli batareya jadal foydalanish rejimida smartfondan bir kun davomida foydalanish imkonini beradi. 
LG Spirit smartfoni LG innovatsiyalari ruhini o'zida mujassam etib, u 4.7 dyuymli, dyuymga 312 nuqta zichlikdagi In-Cell Touch HD IPS-displey, 8 megapikselli kamera va 2100 mA/soat hajmdagi akkumulyator bilan ta'minlanga. O'ziga xos qabariq dizayn tufayli smartfon yuqori ergonomiya bilan ajralib turadi va uni qo'lda qulay ushlab turish mumkin bo'ladi.
LG Leon, bu esa lotinchasiga “arslon” demak, 4.5 dyuymli In-cell touch texnologiyali IPS displey bilan ta'minlangan bo'lib, Rear Key boshqaruv tugmasiga ega o'ziga xos dizayn sharofati bilan smartfon premium toifa modeliga o'xshaydi. Bundan tashqari, LG Leon Android 5.0 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi va LG’ning premial darajadagi foydalanuvchi interfeysining bir qator xarakteristikalarini taklif qiladi.