Смотреть

AT mahsuloti  | 
2 Fev 2016   5003

LG monitor va kompyuterlari orzularingizni haqiqatga aylantiradi

Tomonlarining nisbati 21:9 bo'lgan yangi UltraWide™ monitorlar, o'yin uchun mo'ljallangan 4K monitorlar va Ultra PC gram portativ kompyuterlari geymerlar va ijodkor professionlallar uchun yaratilgan.

Tomonlarining nisbati 21:9 bo'lgan yangi UltraWide™ monitorlari, 4K o'yin monitorlari va zamonaviy xaridorlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan Ultra PC gram noutbuklarini LG kompaniyasi CES 2016 ko'rgazmasida taqdim etadi.
Raqamli sanoat geymerlari va professionallari uchun ekspozitsiya Thunderbolt™ 2lik tomonlarining nisbati 21:9 bo'lgan 34-dyuymli UltraWide™ monitorini o'z ichiga oladi. 3440 x 1440 kengaytmali, IPS texnologiyasi asosida yaratilgan, tasvirlar sifatini yaxshi-laydigan katta QHD ekran, shuningdek turli xil foydali funktsiya-larning mavjudligi foydalanuvchilar keng doirasi: geymerlardan tortib, raqamli media sohasi professionallari talablariga javob bera oladi.
Yangi monitor yaratuvchilar uchun ham, multimediyali ma'lumot iste'molchilari uchun ham to'liq multimedia imkoniyatlarini taqdim etadi. 
CES LG ko'rgazmasi doirasida LG kompaniyasi o'z stendida tomonlarining nisbati 21:9 bo'lgan tekis UltraWide™ 34UM88 monitorini ham taqdim etadi. U ranglarning to'liq berilishi muhim sanalgan raqamli media va grafik dizaynerlik sohasidagi professionallarning ish joyi uskunalari uchun a'lo darajadagi echimga aylanadi. Mazkur monitor kuzatish zonasining kengligi katta ish joyini yaratgan holda samaradorlikni oshiradi, misol uchun unda paralel ravishda bir necha suratlarni tomosha qilish va bir necha ilovalarda ishlash mumkin.
Thunderbolt™ 2ning monitor bilan muvofiqligi og'ir suratlar va videoroliklar bilan ishlaydigan ijodkor odamlarga qo'l keladi.
CES ko'rgazmasidagi LG stendiga tashrif buyuruvchilar LG portativ kompyuterlariga birinchilardan bo'lib baho berishlari mumkin. 
15.6 dyuymli u qadar katta bo'lmagan ekranga qaramay, LG gram 15 (model 15Z960) 14-dyuymli oddiy noutbukka qaraganda hajm jihatidan biroz kattaroq. LG gram15 dunyodagi 15 dyuymli kompyuterlar orasida eng engili hisoblanadi, 980 grammlik mazkur qu-rilma ishonchliligi bilan ajralib turadi, bu esa uni tig'iz jadvalga ega bo'lgan ofis xodimlari va talabalar uchun a'lo darajadagi tanlovga aylantiradi. 6-avlod Intel® Core™ protsessorga ega bo'lgan LG gram 15 va Windows 10 samaradorlik va ixchamlikka birdek ahamiyat qaratadi.
CES 2016 ko'rgazmasi mehmonlari 6 yanvardan 9 yanvarga qadar LGning yangi monitorlari va kompyuter echimlarini o'z ko'zlari bilan ko'rish uchun kompaniya stendiga (Las Vegas ko'rgazmalar markazining Markaziy zali #8204)ga taklif etiladilar.