Смотреть

Smartfonlar  | 
23 May 2016   4515

LG G5 o'z ustunligini namoyish etmoqda

Foydalanuvchilarga mobil texnologiyalar olamida yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi chindan ham innovatsion va noyob vosita taqdim etish uchun LG kompaniyasi muhandis va tadqiqotchilari katta kuch sarfladi hamda ijodiy yondoshdi. Modul prototipli yangi LG G5 smartfoni nafaqat ommaning olqishiga sazovor bo'ldi, balki dunyo bo'ylab ko'pgina mukofotlarni ham qo'lga kiritdi. 

Mobile World Congress ko'rgazmasida G5 smartfoni hamda Friends aksessuarlar liniyasi 34 ta mukofotga sazovor bo'ldi. Ular orasida eng oliy – «Eng yaxshi mobil telefonlar hamda uskunalar» sovrini ham bor. LG kompaniyasining smartfonlar sohasida modul qurilishini taqdim etishdagi dadil qadami hamda tegishli modullar turli-tumanligi sanoat ekspertlarini hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, kompaniya mahsulotlari mavzuga doir nashrlar, jumladan Android Authority, Digital Trends, Trusted Reviews va Ubergizmo kabi etakchi jurnallardan eng ko'p mukofotlarga loyiq topildi. 

MWC 2016 ko'rgazmasida ixtisoslashtirilgan markazlarning LG kompaniyasiga taqdim etgan sovrinlari:

GSM (GSMA) assotsiatsiya: eng yaxshi mobil telefonlar va moslamar – LG G5;
4gnews: eng yaxshi yangilik  – LG G5;
Alphr: eng yaxshi smartfon – LG G5;
Android Authority: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5 / LG Friends;
Android Central: MWC ko'rgazmasida eng yaxshi talov – LG G5 / LG Rolling Bot / LG 360 VR;
Android Pit: eng yaxshi innovatsiya – LG G5;
BGR: MWC 2016 ko'rgazmasi g'olibi – LG G5 / LG Rolling Bot;
Chip Chick: eng innovatsion – LG Rolling Bot;
Digital Trends: “2016 yilning eng yaxi texnologiyalari” kategoriyasi g'olibi – LG G5; 
“2016 yilning eng yaxi texnologiyalari: audio” kategoriya g'olibi – LG Hi-Fi Plus;
Expert Reviews: eng yaxshi innovatsiyalar – LG G5; luchshiy smartfon – LG G5;
Know Your Mobile: eng yaxshi innovatsiyalar – LG G5; eng yaxshi smartfon – LG G5;
Men’s Health: nashriyot tanlovi – LG G5;
MobileGeeks: eng yaxshi smartfon – LG G5; eng innovatsion kompaniya – LG Electronics;
Slashgear: eng yaxshi smartfon – LG G5; eng yaxshi aksessuar – LG Rolling Bot;
Techradar: ko'rgazmadagi eng yaxshi mahsulot – LG G5 i Rolling Bot; eng yaxshi telefon – LG G5; eng yaxshi tashuvchi moslama – LG 360 VR;
Techspot: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5;
Tom’s Guide: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5;
Tom’s Hardware: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5;
Trusted Reviews: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5 / Rolling Bot;
Ubergizmo: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi mahsulot – LG G5 / LG Friends; 
ComputerBuild: MWC 2016 ko'rgazmasida eng yaxshi innovatsiya – LG G5.

Yangi smartfonga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda va LG G5 mukofotlar olishda va elektronika sohasidagi etakchi nashrlardan yuqori baholarga ega bo'lishda davom etmoqda. Smartfon, shuningdek, to'rtta sovringa erishdi: «LG G5 SE – modul tamoyilida yoritiluvchi birinchi smartfon. Mobil uskunalar ekotizimiga yangicha yondoshuv hamda muhandislik echimida dadillik uchun 4PDA nashriyoti smartfonga “Ajoyib g'oya” mukofotini taqdim etdi”.

Shuningdek, LG G5 Rossiyaning aktual elektronika to'g'risidagi CHIP jurnalidan “Nashriyot Tanlovi” unvoniga loyiq topildi. 
Ferra.ru sayti “Innovatsiya” mukofoti –LG G5 SE smartfoni;
Hi-Tech@mail.ru sayti “Innovatsiya” mukofoti –LG G5 SE smartfoni.

“Yuzta uskunang bo'lmasin, bitta LG G5 SE va LG Friends lineykasidan bir nechtagina devayslariga ega bo'l” – o'z taassurotlarini bo'lishadi Maximonline nashriyoti. “LG G5 va Friends modullari ajoyib g'oya – birgina smartfon bilan raqamli kamera, professional audiopleer va hatto uyingizga ko'z-quloq bo'lish uchun mini robot doimo qo'lingiz ostida xizmatingizga shay bo'ladi”.

LG G5 smartfoni erishgan barcha sovrinlar va yaxshi fikrlar LG kompaniyasi innovatsiyalar bozoriga smartfonlar kashf etilganidan buyon haqiqatdan eng noyob va noodatiy yangilik taqdim eta olganini isbotlaydi.