Смотреть

Maishiy texnikasi  | 
20 Okt 2018   2118

LG TwinWash smart kir yuvish mashinasi

Butun oila oshxonada jam bo‘lib, mazali va foydali biror narsa pishirishdan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q. Bunda oilaning eng kichik a'zolari ham ishtirok etsa yaxshi. Bu holda kiyimlarda, dasturxonda, devor va polda dog‘lar paydo bo‘lishi ham tabiiy. Lekin bu shunga arziydimi? Dog‘ bo‘lgan kiyimlar haqida esa LG TwinWash aqlli va ergonomik kir yuvish mashinasi qayg‘uradi. Ikkitalik yuklama tufayli siz ikkinchi bo‘lak kirlarni yuklash uchun birinchi bo‘lak yuvilib bo‘lishini kutishingiz shart emas. U bilan hammasi oson va sodda.

10,5 kg kir yuklanuvchi asosiy baraban  TrueSteam™️ texnologiyasi tufayli kirlarni kuchli va gigiyenik yuvish imkonini beradi. Bug‘ funksiyasi bilan yuvish “Allergiyadan himoya” (Allergy Care), “Bug‘ bilan tozalash” (Steam Refresh) va “Bug‘ bilan yumshatish” (Steam Sof-tener™️) rejimlarini ishga tushiradi. Hayotingiz sifatini allergenlarsiz sog‘lom muhitni ta'minlash orqali yaxshilang.


2 kg kir yuklanuvchi TWINWash™️Mini bo‘lmasi qo‘lda yoki asta yuvish uchun ideal tarzda mos tushadi. Endi siz kutishingizga to‘g‘ri kelmaydi – ozgina kiringizni xohlagancha tez-tez yuvishingiz mumkin va sizda kir narsalar to‘planmaydi.

LG kir yuvish mashinasi har qanday turdagi matolarni optimal yuvishni ta'minlaydi. "G‘amxo‘rlikning 6 harakati" texnologiyasi tufayli baraban bir necha yo‘nalishda aylanib, matolarni kerakli darajada toza bo‘lishini ta'minlaydi.

Kir y
 uvish va quritish mashinasi – ikkitasi birda. Bu maishiy texnika sohasidagi yana bir yetakchi texnologiya. Oilangizga ko‘proq joy ajratib, uyingizda joyni tejang. LG kir yuvish va quritish mashinasi sizga maxsus quritish moslamasini o‘rnatmasdan turib kir yuvish va uni darhol quritish imkonini beradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat tizimida cho‘tka va kamar yo‘q bo‘lib, shu bois kir yuvish jarayonida shovqin ancha kam bo‘ladi. Dvigatelning aylanish o‘qi va baraban bir-biriga moslashganligi tufayli tebranish darajasi minimal darajaga tushadi. Bundan tashqari, motor energiyani tejash imkonini beradi. 

LG TwinWash kir yuvish va quritish mashinasi narxi bilan quyidagi do‘konlarda tanishish va sotib olish mumkin:

- “Fleshka” texnobozori (sobiq Malika)
- «Ipak Yo‘li» bozori (sobiq Abu-Saxiy)
- “GoodZone” magazini yoki 207-03-07 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish
- MEDIAPARK Bozori tarmoqlari
- «Next» KSMdagi LG firma do‘koni yoki 143-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish.

Ijtimoiy tarmoqlardagi LG Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Facebook: www.FB.com/LGUzbekistan
Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan

LG Electronics kompaniyasi texnikasiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning: 0-800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepul. Muhimi: raqam to‘liq terilishi kerak.