Смотреть

TV / Audio / Video  | 
6 Fev 2019   307

LG ILG‘OR AXBOROT DISPLEYLARINI ISE 2019 KO‘RGAZMASIDA TAQDIM ETADI

LG kompaniyasining B2B texnologiyasi innovatsion OLED va LED displeylari tufayli birinchi o'rinni egallaydi

LG Electronics (LG) kompaniyasi Amsterdamdagi Integrated TeleSystems Europe (ISE) 2019 ko‘rgazmasida taqdim etiladigan zamonaviy texnologik yutuqlarini namoyish etadi. Shaffof OLEDSignage displeylaridan tortib, LED displeylarining to'liq jamlamasigacha bo‘lgan turli xildagi mahsulotlar taqdim etiladi. Ushbu innovatsion biznes yechimlari bilan LG har qanday joyni iste'molchilar talablariga javob beruvchi qiziqarli, ammo to'liq funksiyali, raqamli maydonga aylantirishi mumkin.

Yevropada birinchi marta LG stendining asosiy kirish qismida joylashgan 88 moslashuvchan, ramkasiz OLED displeylaridan iborat LGOLEDFallsning noyob installatsiya namoyish etiladi. Bundan tashqari, har xil sirtqi shaklni egallashga imkon beradigan 1000 R gacha bo'lgan kvadrati koeffitsientiga ega bo'lgan tijorat displeylari namoyish etiladi - eng yuqori individual yondashuvni talab qiluvchi biznes uchun ideal yechim. O'rmon, muzlik, sharshara, bo‘ron va boshqalarni aks ettiruvchi video lavhalar tabiat mo'jizalariga mahliyo bo‘ladiganlarda ajoyib taassurot qoldiradi.

OLEDFalls installatsiyasiga qo'shimcha ravishda, mehmonlar uchun LGTransparentOLEDSignage noyob shaffof ekrani ham namoyish etildi. Displey chakana savdo do'konlarida yoki xarid qilish galereyalarida mahsulotlarni namoyish qilish uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, mahsulot orqasida joylashtirilgan va ekranning shaffofligi 38 foizga oshganligi sababli to'liq ko'rinib turadi. Bu vaqtda, ekranda mahsulotning o'zida joylashgan video yoki tasvirlar ko'rsatiladi. Shaffof OLED displeylarida bir nechta displeylardan iborat yagona polotnoni yaratishga imkon beruvchi ramkalar yo'q. Ushbu yechim mijozlar uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi katta maydonlar, misol uchun avtosalonlar uchun eng maqbulidir.

LGning LAPE seriyasining LED displeylarida quvvat manbai moduli ekranning alohida qismida joylashganki, buning natijasida ekranning qalinligi kichrayadi va montaj qilinadigan joyga yanada mos keladi. Displey moduli (LDM) bir vaqtning o'zida biroz kichik o‘lchamga va kam vaznga ega, bu vertikal sirtga o'rnatishni yoki ekranni osongina osib qo'yishni ta'minlaydi, shuningdek, 1000 r egrilik koeffitsientini saqlab turadi. Piksel o'lchamlarining ixchamligi tufayli (1,5 dan 2,5 mm gacha bo‘lgan va yorqinligi 1,000 nits gacha) LAPE seriyali ekranlar har qanday xonada -  savdo markazlaridan tortib to konferensiya zallarida jonli tasvir uzatishni ta'minlaydi.

 

 

 

Ramkasiz displeylar seriyasidan bo‘lgan LAA dan o‘rta va katta konferents-zallar uchun 1,5 mm piksel o'lchamli 130 dyuymli LED displey yaratildi. Ichki audio tizimi foydalanuvchilarga tashqi dinamiklarni ulanmasdan tasvirlar bilan muloqot qilish va almashish imkonini beradi. Shuningdek, qo'shimcha dastur ta’minotlarni yuklashda ekran Crestron xona boshqaruv tizimiga ham ulanishi mumkin.

LG kompaniyasining shaffof LEDFilm rangli displeyi har qanday shisha yuzaga joylashtiriladigan va sehrli ravishda raqamli displey ishlab chiqaradigan katta qurilma. Maksimal ekran shaffofligi 73% gacha bo’lib, uning ostidagi shisha o'zining xususiyatlarini saqlab qoladi - displey ishlatilmaganda ekran sezilmaydi. Displey plyonkasi o'zi yopishuvchi bo’lib, uni olib tashlanayorganda hech qanday iz qoldirmaydi. Ko'rsatkich shaffofligini yo'qotmasdan 24 mm hajmdagi piksel hajmida keng rang oralig'ini uzatadi. Ushbu noyob yechim har qanday tasvirni namoyish qilish uchun juda mos keladi: tovar timsolidan tortib to to'liq videolargacha.

ISE 2019 ko‘rgazmasidaLGkompaniyasi, shuningdek, ranglarningbirxilliginiqo'llab-quvvatlovchivaharqandayobzorgavako'rishbalandligigahechqandayshovqinnitug’dirmaydigan, jonlidinamiktasvirlarniuzatadiganta'sirchan 0,44 mmvideodevorininamoyishetadi. LGWebOS 3.0 xususiy operatsion tizimi tarkibni yaratish va boshqarishni osonlashtiradi. Ushbu yechim xarid qilish markazlari va ma'ruza zallari kabi ko'p ekranli tizimlarni o'rnatishni talab qiluvchi xonalar va maydonlar uchun mo'ljallangan. 

Yangi 86 dyuymli LGning 4K stilus bilan interaktiv raqamli doskasi IPSIn-cellTouch texnologiyasi bilan jihozlangan. Bunga qo'shimcha ravishda, 29 mm qalinligi bo'lgan ramka innovatsion fiksatsiya texnologiyasidan foydalanganligi sababli, LCD paneli va himoya oynalari orasidagi bo'shliqni kamaytirish imkonini beradi. Bu xususiyatlarning kombinatsiyasi tezkorlikni ta’minlaydi va yozish jarayonini yanada aniqroq qilib, korporativ uchrashuv zallari hamda universitet auditoriyalari uchun maqbuldir. 

Bundan tashqari, ISE ko’rgazmasida ko’chalarda foydalanish uchun maxsus himoyalangan ekranlar namoyish etiladi. Model 55XE4F suvga chidamli va changdan himoyalangan bo’lib, bu esa avvalgi 55 dyuymli modelga qaraganda 64% yengil va 37% yupqaroqdir. Bu esa, ekranni devor, ship yoki stend kabi deyarli hamma joylarga o'rnatishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, chiniqtirilgan old oynasining ichki qismida kuchli zarbadan jiddiy shikastlanishga yo'l qo'ymaydigan zarbaga bardoshli plyonkaga ega.

"Bu yil ISE ko’rgazmasida namoyish etilayotgan yangi avlod texnologiyalari, shubhasiz, bugungi kunda sohaning eng ilg'or innovatsiyalaridan biridir", - deydi LGElectronicsBusinessSolutions kompaniyasining InformationDisplays bo’linmasi rahbari LeeChoong-hwoan. LGning OLED va LED displeylarida taqdim etilayotgan noyob texnologiya bizga turli sohalardagi foydalanuvchilar uchun eng ilg'or yechimlarni taqdim etish imkonini beradi”.

LG kompaniyasining innovatsion mahsulotlari 5-8 fevral kunlari Amsterdamdagi RAI majmuasining 12-pavilionida (12-K90 stend) namoyish etiladi.