Смотреть

AT mahsuloti  | 
3 Apr 2019   1582

LG Hannover Messe 2019 ko‘rgazmasida “aqlli” yechimlarni namoyish etadi

LGning innovatsion yechimlari ishlab chiqarish sanoati uchun yangi gorizontlarni ochmoqda

LG Electronics (LG) LGCNS kompaniyasi bilan birga 1-5 aprel kunlari Germaniyada HannoverMesse 2019 ko‘rgazmasida innovatsion yechimlar yordamida o‘zining ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini namoyish etadi.

Ko‘plab sohalarga, shu jumladan sanoatning avtonom robotlaridan tortib avtomatlashtirilgan zavodlar uchun integrallashgan platformalargacha qiziqish bildiruvchi LG kompaniyasi HannoverMesse ko‘rgazmasida yetakchi ishtirokchi hisoblanadi. HannoverMesse dunyodagi yirik innovatsion va sanoat texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib, unda 75 ta mamlakatdan 6500 ta kompaniyalar ishtirok etadi.

 

LGning diqqat markazida barcha ishlab chiqarish maydonlaridagi hosildorlik va sifatni oshirish uchun yaratilgan Mobile Manipulator sanoat roboti bo‘ldi. Mobile Manipulator - avtonom transport vositasidan (AGV) foydalanib, sharnirli manipulyatorga ega vertikal shakllangan robot. U yuklarni ko‘chirish, mahsulotni yig‘ish va ishlab chiqarish liniyasining uzunasiga mo‘ljallangan hududlarda tekshiruvlar o‘tkazish kabi keng ko‘lamli foydali faoliyatni amalga oshirishi mumkin. LGning ko‘rgazma stendida, shu bilan birga boshqa sanoat uskunalari, Mobile Manipulatorga mos keladigan, misol uchun, sun’iy intellektga ega inspektor (SI) va boshqa sharnirli manipulyatorga ega vertikal robotlar namoyish etildi.

HannoverMesse 2019 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni LG kompaniyasi nazorat sifatini oshirish uchun LG yechimi - MAVIN (Mashina o‘qitish inspeksiyasi) bilan tanishtiradi. LGning materialshunoslik va ishlab chiqish texnologiyasi Ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan MAVIN 99 foizdan ortiq aniqlik bilan elektron mahsulotlardagi, shu jumladan displeylar, kamera modullari va elektromobil akkumulyatorlaridagi nuqsonlarni aniqlashi mumkin. Bu ilg‘or yechim bugungi kunda LG Electronics ishlarida va LGning sho‘’ba korxonalarida allaqachon joriy etilgan.

 

LGning namoyish qilinayotgan vertikal va gorizontal robotlari Koreyaning Robostar robototexnika kompaniyasi  tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,  ushbu kompaniyada LG 30% ulushga ega. SCARA gorizontal robotlari ishlab chiqarish liniyalarida ehtiyot qismlarni tashish va yig‘ish uchun ishlatiladi. Transportda tashish, yig‘ish va payvandlash uchun olti burchak o‘qi bilan inson qo‘llarini takrorlovchi Robostar vertikal robotlari hozirgi vaqtda Inchxondagi LG zavodida ishlamoqda.

LG CNSdan Factova - bu avtomatlashtirilgan “aqlli” zavodlar uchun integrallashgan platformadir. Factova ishlab chiqarish jarayonida olingan katta ma'lumotlarga ega sun’iy intellekt  texnologiyasini integratsiyalash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun asoslarni osonlik bilan joylashtiradi. Factovaning Kiberfizika tizimi (CPS) real vaqt rejimida uch o‘lchovli virtual maydonda robotlar va ob’ektlar monitoringini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish liniyasida modellash texnologiyasi bilan uyg‘unlikda, platforma robot va uskunalar o'rtasidagi mumkin bo'lgan nuqsonlarni yoki to'qnashuvlarni bashorat qilish orqali xavfsiz ishlashini ta'minlaydi. HannoverMesse 2019 ko‘rgazmasida zavodda uskunalar bilan boshqarish uchun Factovaning imkoniyatlari namoyish etiladi.

 

Bundan tashqari, LG ishlab chiqarishda xavfsiz ish muhitini yaratish uchun qator o‘lchov vositalarini taqdim etadi. Misol uchun, tVOC datchigi (uchuvchi organik birikmalarning umumiy tarkibi) markaziy nazorat tizimini ogohlantirgan holda gaz oqimini bartaraf etishga yordam beradi. LGning ToF (TimeofFlight) 3D-datchigi AGV (“yuqori tezlikda o‘zi harakatlanuvchi vagon”) uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, robotlarning harakat xavfsizligini va samaradorligini oshirib, to'siqlarni to‘g‘ri aniqlaydi. Shu bilan birga, avtonom quvvatga ega IoT elektr datchigi rael vaqt rejimida tok yoki elektr razryadi oqimini aniqlaydi.

“HannoverMesse - LG sanoat texnologiyasida yetakchilikni namoyon etish va bizning innovatsion ishlab chiqarish yechimlarimiz bilan tanishish uchun ideal maydondir”, - deydi LGning materialshunoslik va ishlab chiqish texnologiyasi Ilmiy-tadqiqot instituti vitse-prezidenti Kim Byung-yeol. LG mavjud ilg‘or imkoniyatlarga tayangan holda “aqlli” ishlab chiqarish yechimlari doirasini kengaytirmoqda”.

 

Bu yilgi "Integrallashgan ishlab chiqarish - “aqlli” sanoat” mavzusi doirada turli sanoat sohalaridagi xalqaro kashfiyotchilar bugungi va kelgusidagi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va xizmat ko'rsatish, energetika va robototexnika sohasida tadqiqotlar va ishlab chiqishlarni namoyish etish uchun to‘planishadi.