Смотреть

Smartfonlar  | 
3 Apr 2018   3503

LG mobil telefonlar reklamasi uchun xalqaro K-pop shov-shuv BTS guruhi bilan shartnoma imzoladi

 
  BTS bilan hamkorlik guruhning xalqaro musiqa sahnasidagi yangi cho'qqiga erishgani bilan to'g'ri keldi.
 
 Seul, 2018 yil 3 aprel — LG Electronics (LG) bugungi kunda eng ommabop K-Pop boys-band boshchiligidagi eng yirik va keng ko'lamdagi reklama kampaniyasini tayyorlamoqda. Billboard MusicAwards 2017 da Top Social Artist nominatsiyasida g'olib bo'lgan, Janubiy Koreyaning mashhur super guruhi LG kompaniyasining yaqin flagmanlaridan boshlab mobil telefonlar reklamasida ishtirok etishadi.
 
 BTSning Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda ko'p sonli muxlislari mavjud bo'lib, Top 10 Billboard reytingining yuqori pog'onalarini zabt etgan ilk K- Pop san'atkorlari bo'lishdi va AmericanMusicAwards da chiqish qilishdi. Guruhning so'nggi qo'shig'i MicDrop ga ishlangan videoni tomosha qilishlar soni 22 mart kuni 200 millionni tashkil etdi va boys-band kliplari hisobi bo'yicha yettinchi ko'rsatgichga erishdi.
 
 LG va BTS keng ko'lamdagi marketing kampaniyasi doirasida hamkorlik qiladi va unda guruhning har bir yetti a'zosining noyob yorqin ifodasini aks ettiradi. Kampaniya guruhning iste'dodi, o'z muxlislariga bo'lgan noyob munosabatiga alohida urg'u beradi va LG mazkur chorakdan boshlab kelgusidagi mahsulotlarini taqdim etishga umid bildirmoqda.
 
  LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining vitse prezidenti va marketing bo'yicha rahbari Kim Su-yon “BTS o'zining haqiqiy iste'dodi, yangiligi va haqiqiyligi tufayli xalqaro yulduzlik darajasiga erishdi”, deb ta'kidlaydi. “Bu xususiyatlar BTSni bizning kompaniyamiz smartfonlar brendi uchun eng munosib qiyofasiga aylantiradi va jahon tomoshabinlariga LG mobil telefonlarini foydalanuvchilarga bo'lgan noyob munosabati bilan ajoyib innovatsiyalarni taklif etishiga umid qilamiz”.