Смотреть

AT mahsuloti  | 
4 Yan 2018   3589

LG Electronics va HERETechnologies yangi sohada hamkorlik qilmoqda

LG Electronics va HERETechnologies yangi sohada hamkorlik qilmoqda

LG Electronics (LG) HERETechnologies (HERE) kompaniyasi bilan hamkorlik haqida ma`lum qildi, u raqamli kartografiya xizmatlari va joylashish yerini aniqlash servislarini avtomatik boshqariluvchi transport vositalari uchun kelajak telematik texnologiyasini yaratish maqsadidagi jahon yetkazib beruvchisi sanaladi. Ishlanma LG’ning yuqori aniqlikdagi kartografik ma`lumotlari va joylashuv yerini aniqlash xizmatlariga ega HERE Open Location Platform platformasi negizidagi yaxshilangan telematika texnologiyasini uyg'unlashtiradi. Kompaniyalar rejalashtirilayotgan hamkorlik yordamida butun dunyodagi avtomobil ishlab chiqaruvchilarini yuqori avtomatlashtirilgan va butunlay avtonom avtomobillar uchun ishonchli ma`lumot almashish markazi bilan qo'llab-quvvatlashga harakat qiladilar.

Telematika – bu telekommunikatsiya vositalari hamda informatikani ularni ko'ngilochar servislar va transport vositalari xavfsizligini ta`minlash uskunalarida qo'llash uchun bog'laydi (navigatsiya, joylashuvni tasdiqlash, favqulodda vaziyatlarning dispetcherlik xizmati va boshqalar), ular turli texnik aloqa vositalari orqali ishlaydi: GPS va DMB tarmoqlaridan (Digital Multimedia Broadcasting – raqamli multimediya uzatuvi shakli) to Bluetooth, Wi-Fi hamda mobil aloqagacha. 2013 yildan beri LG kompaniyasi qayta ishlash va ma`lumotlarni berish integratsiyalangan vositalari jahon bozorida yetakchi hisoblanib, yuqori aniqlikdagi kartografik ma`lumotni taklif etuvchi ilg'or yechimlarni tatbiq etishga urinmoqda. Bu avtonom transport vositalarining tez rivojlanayotgan sanoati ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun kerak.

HERE avtomobil sanoati uchun kartografik ma`lumotlar va joylashuvni aniqlash bo'yicha xizmatlarning jahondagi yetakchi yetkazib beruvchisidir. Bugungi kunda 100 mln.dan ortiq avtomobillar HERE texnologiyasidan foydalangan holda boshqariladi. Kompaniya HDLiveMap xaritalarni ishlab chiqish bo'yicha avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan ham hamkorlik qiladi. Ular – yuqori aniqlikdagi bulutli kartografik servis bo'lib, haydovchiga ko'mak ko'rsatish ADAS (AdvancedDriverAssistanceSystems) zamonaviy tizimining ulanganligi bilan qo'llab-quvvatlanadi hamda boshqaruv uchun avtomatlashtirilgan yechimlarga ega. LG avtomobil sanoati uchun qo'shma mahsulotda foydalanishni mo'ljallagan HDLiveMap xaritasi yo'llar va atrofdagi ob`yektlar: yo'l belgilari, bekatlar ko'rsatkichlari, piyodalar o'tish yo'laklari, tezlikni cheklash belgilari hamda svetoforlarni aniqlay oladi. HERE intellektual ishlanmalari muhimligi va kompaniya salohiyati shuni ta`kidlaydiki, 2015 yilda jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari konsorsiumi - Audi, BMW va Daimler – HERE’ni xarid qildi. O'shandan beri boshqa texnologik sohalardan bo'lgan kompaniyalar ham HERE investorlariga aylanishdi.

Telematik texnologiyalar rivojlangani sari muhim o'rinni tuta boshlab, haydovchisiz transport vositalarining kommunikatsion markaziga aylanadi. Birinchi navbatda, ADAS tizimidagi avtomobilda o'rnatilgan datchiklar kameralar, radar hamda lidardan iborat bo'lib, atrof-muhitni skanerdan o'tkazadi hamda bulutga olingan ma`lumotlarni, shuningdek V2X (Vehicle-to-Everything - «avtomobil – atrof-muhit») texnologiyasi yordamida yig'ilgan va yaqin oradagi transport vositalari haqidagi axborotni jo'natadi. Barcha yig'ilgan ma`lumot bir necha marta tahlil qilinadi va transport vositalarining telematik tizimlariga, boshqaruv haqida shaxsiy ma`lumotni taqdim etish uchun beriladi.

LG telematik yechimlari GPS dan Bluetooth, Wi-Fi va mobil aloqaga qadar bo'lgan turli kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. LG muhandislari 5G uchun mahsulotlarni ishlab chiqish ustida jiddiy ishlashmoqda, ular LTE standartidan to'rt-besh barobarga tezroq, kutish vaqti 90 foizga qisqargan holda bo'ladi, hamda kelajak avtomobillarining avtonom ishlashi uchun ideal tarzda mos tushadi.

«Biz HERE bilan hamkorlikda mobil aloqaning avtonom yechimlari bo'yicha yangi standartni taqdim etishdan xursandmiz, unda avtomobilni boshqarishga ko'mak ko'rsatish bo'yicha hayratlanarli ilg'or texnologiya mavjud, - deya ta`kidlab o'tdi LG Vehicle Components kompaniyasi prezidenti LiVu-jong. - LG HERE kabi sheriklar bilan tarmoqli imkoniyatlarga ega avtomobillar uchun texnologiyalarning yangi avlodini yaratishi mumkin, u avtomobil ishlab chiqaruvchilariga haydovchisiz boshqaruv davrini yaqinlashtirishda yordam beradi».

HERE Technologies kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlaridagi ish bo'yicha vitse-prezidenti Mun Li (MoonLee) shunday deydi: «Avtonom transport vositalariga xavfsiz va samarali ishlash uchun turli ishonchli ma`lumotlar manbalari va kuchli texnik aloqa vositalari kerak. Biz shunga ishonamizki, OpenLocationPlatform platformasida ishlaydigan bizning servislar haydovchisiz transport vositalari uchun kelajakning telematik texnologiyalarida hal qiluvchi o'rin tutadi. Biz bu haqiqatga aylanishi uchun LG kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz».