Смотреть

Smartfonlar  | 
10 Noy 2016   5040

LG K10 LTE mobil smartfoni bilan barcha muammolarni unuting

Ixcham, lekin kichik emas, zamonaviy, lekin bachkana emas, ko'p funksiyali, lekin haddan ziyod yuklanmagan, qimmat emas, lekin arzon ham emas, butun oila uchun, lekin o'ziga xos – bularning barchasi siz qidirgan telefon parametrlariga to'g'ri kelsa, demak, LG’ning K10 LTE modeliga e`tibor qaratadigan vaqt keldi.

Keng hajmli funksional, maxsus ergonomika va LG K10 LTE smartfonining bir-biri bilan uyg'unlashmaydigandek tuyulgan parametrlarining uyg'unlashuvi har qanday vaziyatda va sharoitda harakatlarning to'liq erkinligi bilan ta`minlaydi.

Ko'pincha tasodifiy yo'lovchilardan suratga olib qo'yishni so'ragimiz yoki do'stlarimiz bilan alohida, oilamiz bilan alohida rasmga tushgimiz kelmaydi, ammo fotojamlanmamizni yaxshi rasmlar bilan to'ldirgimiz keladi. 5 megapikselli old kamera yordamida «Bir ishora bilan fotos`yomka» optsiyasi hayotimizning eng baxtli onlarini eng qiziq rakurslardan suratga olib saqlash imkonini beradi. Sizga kerak bo'ladigani – faqat qiziqarli g'oya. Kameraga kaftingizni ko'rsatasiz, mushtingizni tugasiz va uch soniyali vaqt ichida o'ylangan holatga kirasiz. Kameraning avtomatik yoritish funksiyasi tufayli esa hattoki tim qorong'ida ham original va sifatli selfi qilish mumkin.

13 megapikselli asosiy kameraga keladigan bo'lsak, u bilan shaxsiy elektron arxivda suratlarni saqlash yanada osonlashdi. Barcha oila a`zolari to'planganda yoki katta bolalar jamoasi yig'ilganda mobil suratkash doim tayyor turishi kerak. O'nlab, ehtimol yuzlab noyob kadrlar ko'z oldimizdan uchib o'tadi. K10 LTE e`tiborga loyiq barcha lahzalarni muhrlay oladi – ekranga qo'l tekkizsangiz bo'ldi, surat tayyor. Sanoqli millisoniyalarda kamera barcha muhim parametrlarni sozlab qo'yadi.

5,3 dyuymli displey 2300 mA/soat akkumulyator hamda 1,14 GGts chastotali sakkiz yadroli protsessor bilan birga geymerlarga sevimli o'yinlaridan, kinomanlarga esa — filmlardan bahramand bo'lish imkonini beradi. Agar siz internet va mobil aloqaning faol foydalanuvchisi bo'lsangiz, LGK10 LTE mobil aloqa texnologiyalarining to'liq majmuini taklif qiladi, 4G ham shular jumlasidandir. OS Android bazasidagi ilovalarining o'sishi, 16 Gb flesh-xotira va 32 Gb gacha bo'lgan xotira kartasini inobatga oladigan bo'lsak, zaxira – salmoqligina.

LG K10 LTE zamonaviy smartfoni bilan xotiradagi yetishmovchilik, fotos`yomka paytidagi noqulayliklarni butkul unutasiz.