Смотреть

Smartfonlar  | 
3 May 2018   4152

LG G7 ThinQ yuqori qulaylikda foydalanish uchun sun’iy intellektning chuqurlashgan integratsiyasini taklif etadi

 

Eng ilg‘or protsessor, yorqin displey, hajmli audio va aqlli kamera bilan premium darajadagi smartfon
 
Nyu York, 2 may 2018 yilLG Electronics (LG) bugun smartfonlardan foydalanishning asosiy tajribasida sun'iy aqlning foydali va qulay imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan o‘zining yangi premium smartfoni LG G7 ThinQ ni namoyish etdi.
Qualcomm® Snapdragon ™ 845 protsessorining oxirgi versiyasi tufayli, LG G7 ThinQ eng murakkab vazifalar va ilovalar bilan uzluksiz ishlashi uchun 4GB/6GB operativ xotira va 64GB / 128GBi ichki xotiralarni taklif etadi. Ekranning ajoyib yorqin 6,1 dyuymli displeyi avvalgi modelga nisbatan deyarli yarim dyuymga kattaligi va bunda ekranning kengligi saqlab qolingani sabab LG G7 ThinQ bir qo'l bilan foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
G seriyadagi yangi nozik dizayn tufayli silliqlangan metal gardish LG G7 ThinQ ga yanada tekis, yaltiroq ko‘rinish beradi, chidamliligini oshirish uchun old va orqa panel Gorilla Glass 5 shishasi bilan to'ldirilgan. Yana bir bor chang va namlikdan himoya darajasi IP68 standartini olganligi tufayli, LG G7 ThinQ AQSH harbiylari tomonidan ishlab chiqarilgan, og‘ir sharoitlarda uskunalar ish faoliyatini baholash uchun MIL-STD 810G sinov talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
 
Sun’iy intellektli yaxshilangan kamera

 

LG G7 ThinQ 8 megapiksellik selfi kamera va 16 megapiksellik asosiy kamera bilan yuqori piksellar soniga ega fotosuratlar uchun standart va keng burchakli konfiguratsiyalar bilan yangilandi. LGning keng burchakdagi kamerasi endilikda tasvirning chekkalari kamroq chayqalish bilan yanada chiroyli manzara hosil qiladi va o'z-o'zidan selfi rasmlar avvalgi LG telefonlariga nisbatan ancha aniq va tabiiy chiqadi.
LG birinchi marta taqdim etilgan LG V30S ThinQ smartfonidagi sun'iy aql (AI CAM) kameraning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. AI CAM endi sakkizdan boshlab, 19 ta rasmga tushirish rejimini taklif etadi. Endi foydalanuvchilar tasvirlar o‘zlariga yoqmasa, AI CAM tomonidan tavsiya etilayotgan uchta effektdan birini tanlab fotosuratlarini qo'shimcha ravishda yaxshilashlari mumkin.
 
Yorug‘lik kam joyda suratga olish hollarida LG G7 ThinQ da yangi "Super Bright Camera" funksiyasi bo‘lib, bu xususiyatlar odatdagi fotosuratlarga qaraganda to'rt barobar ko'proq yorug'lik beradi. Pikselning qayta ishlash va dasturiy ta'minotning kombinatsiyasi tufayIi sun’iy aql algoritmi past nur ostida suratga olish paytida kamera sozlamalarini avtomatik ravishda moslashtiradi.
 
LG shuningdek, LG G7 ThinQ ga har qachongidan ham qiziqarli bo'lgan yangi xususiyatlarni qo‘shdi. Live Photo rejimi bir soniya ichida kutilmagan lahzalar va hissiyotlarni lavhalarga muhrlaydi. Stikerlar esa suratlarda yanada quvnoq 2D va 3D filtrlarini yaratish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranda namoyon bo‘ladi.
G seriyada ilk marta namoyish etilgan portret rejimi xira fon bilan suratlarni yaratadi.
 
Sun’iy intellekt bilan oson va yanada aqlliroq

 

LG G7 ThinQ Google Lens xizmatidan foydalanadigan birinchi qurilmalardan biri bo'ladi. Google Lens - bu eng yangi dasturiy ta'minot va kompyuterni ishlatish orqali Internetda ma'lumot qidirishning yangi usuli. Google Assistant va Google Photo da mavjud bo'lgan ushbu xususiyat joylar, o'simliklar, hayvonlar, kitoblar kabi narsalar haqida qo'shimcha ma'lumot olish va matnni aniqlash imkonini beradi.
 
Ovozni boshqarish tugmasining past qismida joylashgan telefon SI funktsiyalarini ishga tushiradigan tugma. Ushbu tugmani bir marta bosish Google Assistantni ishga tushiradi va ikkita tezkor ravishda bosish esa mobil telefonlarda birinchi marta Google Lensni ishga tushiradi. Foydalanuvchilar esa Google Assistant yordamchisi bilan suhbatlashish uchun tugmani bosib turishi mumkin.
 
Yanada yorqin ekran sohada yetakchilik qilmoqda

 

Dastlab, foydalanuvchilar FullVision 19,5:9 ekran tomonlariga nisbati va pastki chetlari LG G6 ga nisbatan ikki marta kichkina bo‘lgan LG G7 ThinQ da 6,1 dyuymli QHD+(3120 x 1440) ekranni payqashlari mumkin.
Kontent turiga qarab, ekran oltita turli xil ko'rish rejimlari uchun sozlanishi mumkin: Avto, Eko, Kino, Sport, O'yinlar va Ekspert. Birinchi rejimda smartfon o'yinlarning yoki fotosuratlarning mazmunini avtomatik ravishda tahlil qiladi, kontent va energiya sarfi uchun ekranni optimallashtiradi. Foydalanuvchi ekrandagi haroratni va RGB darajasini alohida tanlayotganda tasvirni qo'shimcha ravishda moslashtirishi mumkin.
Smartfonning yangi zaxira ekrani foydalanuvchilarning xohish-istaklariga mos keladigan moslashtirilgan moslamalarni taqdim etadi. Ekranda ko'zguda ko'rinmaydigan tashqi ko'rinish uchun to'liq kengaytirilgan yoki an'anaviy uslubda o'rnatilishi mumkin, bu yerda xabarnomalar paneli butunlay yopilgan bo‘ladi. Foydalanuvchilar hatto smartfonning yanada moslashtirilgan tashqi ko'rinishi uchun xabarnoma panelidagi rangni o'zgartirishi mumkin.
 
Smartfondagi audio ovozlarning misli ko'rilmagan tajribasi

 

 LG kompaniyasining smartfonlaridagi eng zo'r ovozini taqdim etishni davom ettirayotgan LG G7 ThinQ bu sohada eng yaxshi audoi-innovatsiyani taqdim etadi. LG G7 ThinQga birinchi bo'lib kiritilgan LG G7 ThinQ ning ichki bo'sh joyi bassni taqdim qilish uchun qo‘llaniladi, bu tashqi dinamiklarga ehtiyoj sezmasdan kuchli ovozni ta’minlaydi, bu esa oddiy ovozli smartfonlarga nisbatan ikki barobar yuqori ovozdir. Smartfonlar qattiq yuzaga yoki qutiga joylashtirilganida, LG G7 ThinQ bas effektini yanada mustahkamlash uchun rezonansli bo'shliqni subwoofer sifatida ishlatadi.
Quloq uchun eshitish vositalarini afzal ko'rgan foydalanuvchilar uchun LG G7 ThinQ qimmatbaho premium eshitish vositalariga ehtiyoj sezmasdan 7,1 kanalgacha bo'lgan 3D ovozli DTS: X ni taqdim etuvchi ilk smartfon hisoblanadi.
LG avlodiga mos kelish uchun LG G7 ThinQ Hi-Fi Quad DAC bilan jihozlangan va bu audioni ma’qul ko’ruvchilar uchun haqiqiy ovoz uchun yuqori impedansli, yuqori sifatli eshitish vositalarini boshqarishga imkon beradi.
 
«LG G7ThinQ smartfoni ayniqsa fundamental funksiyalarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning taqdimoti kompaniyamiz yangi bo‘limining boshlanishi hisoblanadi, - deydi LG Electronics Mobile Communications Company prezidenti Xvan Chon-xvan. - Sun'iy intellektning moslashtirilgan va foydali imkoniyatlari smartfonning asosiy funksiyalari bilan birlashtirilgani tufayli ushbu model LG ning  eng qulay smartfoniga aylandi».
 
LG G7ThinQ yaqin kunlarda Janubiy Koreyada namoyish etiladi, so‘ngra Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerika va Osiyodagi yirik bozorlarida taqdimoti o‘tkaziladi. Narxi va sotish nuqtalari haqidagi ma’lumotlar har bir bozorda sotuv boshlanishidan oldin e’lon qilinadi.
 
Asosiy xususiyatlari:

 

  • Protsessor:Qualcomm® Snapdragon™ 845
  • Displey: FullVision Super Bright, 6.1-dyuymli QHD+ (3120 x 1440 / 564ppi), tomonlari nisbati 19.5:9
  • Xotira: - LG G7 ThinQ: 4GB LPDDR4x RAM / 64GB UFS 2.1 ROM / MicroSD (2TB gacha)
    - LG G7+ ThinQ: 6GB LPDDR4x RAM / 128GB UFS 2.1 ROM / MicroSD ( 2TB gacha)
  • Kamera: - Asosiy kamera: 16Мp super keng burchakli (F1.9 / 107°) / 16Мp standart (F1.6 / 71°)
    - Front kamera 8Мp (F1.9 / 80°)
  • Batareya: 3000mAh
  • ОT:Android 8.0 Oreo
  • O‘lchamlari: 153.2 x 71.9 x 7.9mmi
  • Og‘irligi: 162gr.
  • Ulanish:Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac / Bluetooth 5.0 BLE / NFC / USB Type-C 2.0 (3.1)
  • Ranglari: Yangi Platinum Grey / Yangi Black  / Yangi Marokash Blue / Malina atirgul
  • Boshqalar:Super Bright Display / yangi qo‘shimcha ekran / AI CAM (sun’iy intellektli kamera)/ Super Bright Camera / uzoq masofadan ovozni tanish (Super Far Field Voice Recognition) / Bumboks dinamik / Google Lens / AI tugma/ Hi-Fi Quad DAC/ DTS:X 3D ovoz/  IP68 chang va namlikdan himoya/ HDR10 / Google Assistant Key / Yuzni tanish salohiyati / Barmoq izi sensori/ Qualcomm® Quick Charge™ 3.0  tez quvvatlash texnologiyasi / Simsiz quvvatlash/  MIL-STD 810G standartiga mos / FM radio