Смотреть

Smartfonlar  | 
15 May 2018   3247

LG G7 ThinQ dunyo OAV dan ijobiy fikrlar oldi

 

Butun dunyo OAV faol ravishda LG G7 ThinQ ni iste’molchilarning diqqat markazida bo‘lgan smartfon sifatida e’tirof etmoqda
 
LG Electronics ning yangi oliy toifadagi LG G7 ThinQ smartfoni juda ham maqtovga sazovor bo‘lmoqda. Smartfonning yaxshilangan asosiy funksiyalari - Audio, Batareya, Kamera va Displey hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarining mavjudligi xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘lmoqda.
 
Mashhur PhoneArena texnologik manbai LG G7 ThinQ kamerasini yuqori baholadi. «LG G7 ThinQ 16 megapikseli qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma (datchik), 71 daraja obzordagi o‘rnatilgan asosiy transfiguratsiya va f/1.6 lens linzalari bilan hamda f/1.9 linza bilan 107 daraja kengburchakli transfiguratsiyani qo‘lga kiritdi. … LG G7 ThinQ – bu shunchaki kamerali yuqori darajadagi telefon, chunki uning asosiy va old kameralari yordamida portret rasmlarga tushirish imkoniyati majud.
 
Dunyodagi eng yirik texnobloglardan biri Engadget ham LG G7 ThinQ flagmanidagi LGning kengburchakli linzalarini ijobiy baholab, “kengburchakli linza Grand Kanondagi kabi katta peyzajlarni tasvirga tushirishda juda qo‘l keladi”, deb ta’kidladi.
 
Digital Trends dunyo texnologik ommaviy axborot vositalari LG G7 ThinQ super-yorqin displeyida o'quvchilarning diqqatini tortdi va “biz G6 ning ranglar, iliqlik va tafsilotlar bilan to'ldirilgan mukammal displeyga ega ekanini bilganimizda, uni hatto LG G7 ThinQ bilan solishtirish mumkin emas”, deya ta’kidladi.
Shuningdek, Forbes quyidagicha yozadi, «LG foydalanuvchilarga yorqinlikni yanada oshiradi: aql bovar qilmaydigan 1000 nitsgacha… shubhasiz yorqin quyosh nurlari ostida telefondan foydalanganingzda foydalidir».

 

 
 
Digital Trends platformasi esa LG G7 ThinQning audioga tegishli qismini Boombox dinamikani maqtagan, bu smartfonning ichki joyini rezonans kamera sifatida yanada kuchli basni ta’minlash uchun qo‘llaniladi: «Melomanlar ham LG G7 ThinQ ning bumboks dinamikasini yuqori baholagan».
 
LG G7 ThinQ dizayni haqida gap ketganda, smartfonning yangi 6.1-dyuymli QHD + FullVsion displeyi bilan jihozlanganiga qaramasdan, bu korpusining silliq nafisligi va bir qo’lda ham qulay foydalanish imkoniyati tufayli ijobiy qayd etildi.
 
Engadget texnoblogida ta'kidlanganidek, "G7 ning yon va orqa tomonida smartfonni qo’lda ushlaganda yumshoq va qulay his qilish uchun yupqa burchaklar yumaloq bo'lib, old tomonidagi displey silliq ko'rinish uchun metall ramkaga aylanadi". Engadget materiali muallifi, shuningdek, u LG G7 ThinQ Malina atirgulni "yorqin pushti rangini yoqtirib qolganini" ta'kidladi.

 

 
 
PhoneArena texno OAVning yozishicha, “O‘tgan yili shu vaqtda G6 oyna metall korpus bilan birlashtirilgan zamonaviy dizayni bilan tanishtirilgan edi… biroq LG G7 ThinQ har qanday jihatdan juda yaxshi ko'rinadigan smartfon”. Android Headlines manbasining ta’kidlashicha, LG G7 ThinQ smartfonlari 2018 yil may oyida taqdim etilgan eng yaxshi smartfonlardan biri hisoblanadi, deya xabar qiladi o‘quvchilarga: “Agarda siz bu oyda yangi smartfon izlayotgan bo‘lsangiz...LG G7 ThinQ haqiqatdan kutishga arzigulik smartfon”.