Смотреть

Smartfonlar  | 
26 Fev 2016   4559

MWC 2016 ko'rgazmasida LG G5 va FRIENDS g'oliblikni qo'lga kiritdi

LG Electronics kompaniyasi Mobile World Congress (MWC) 2016 ko'rgazmasida umumiy hisobda 33 ta mukofotga sazovor bo'ldi. Jumladan, ko'rgazmadagi eng nufuzli hisoblangan “Eng yaxshi mobil telefonlar va moslamalar” mukofoti.

G'oliblar ichida kompaniyaning yangi flagman LG G5 smartfonlari va Friends modullarida amalga kiritilgan “Modulli tur» innovatsiyasi alohida o'rin egallaydi. Bu mobil kommunikatsiyalar olamida kompaniyaning naqadar muhim o'rin tutishini ko'rsatib beradi. LG G5 va Friends shu qatorda Android Authority, Digital Trends, Trusted Reviews va Ubergizmo dan ham eng nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritdilar. 
"Bizning yangi LG G5 smartfonimizni ulkan qiziqish bilan kutib olishdi, bu xayajon - haqiqatdan noyob va innovatsion smartfon yaratishga astoydil uringan mutaxassislarimizning say-xarakatlarining eng oliy mukofotidir", - dedi iftixor bilan LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori Juno Cho. 
" G5 va uning Friends modullari iste'molchilarga foydalanish chog'ida ko'proq ko'ngilochar ilovalar imkoniyatini taqdim etadi va qo'lga kiritgan mukofotlarimiz shu soha bozoriga o'ziga xos noyob mahsulot taklif etganimizning dalili, deb bemalol ayta olaman".

LG o'zining G5 smartfonini MWC ko'rgazmasining asosiy taqdimotidan oldin namoyish etdi va yuqori baholarga loyiq ko'rildi. Flagman smarfoni suv o'tmas metalli yaxlit korpusli yangi dizayni, olish va surish mumkin bo'lgan batareya va smartfondan foydalanganda yanada keng imkoniyatlar hosil qiluvchi modul turining tuzilishi bilan alohida ajralib turadi. Tegishli moslamalar to'plami tarkibidagi LG Friends modullari sharofati bilan G5 to'laqonli raqamli kamera va boshqa uskunalarga aylana oladi.

MWC 2016 ko'rgazmasi mobil sanoatida kalit tadbirlaridan biri, unga 100 000 atrofida odamlar tashrif buyuradi. LG ning MWC 2016 da qo'lga kiritgan mukofotlari quyidagilar:

GSM Association (GSMA)
"Eng yaxshi mobil telefonlar va moslamalar" - LG G5

4gnews
"Muhim kashfiyot" - LG G5

Alphr
"Eng yaxshi smartfon"- LG G5

Android Authority
"MWC 2016 da eng zo'r" - LG G5 / LG Friends

Android Central 
"Eng yaxshi tanlovlar MWC" - LG G5 / LG Rolling Bot / LG 360 VR

Android Pit
"Eng yaxshi innovatsiya" - LG G5

BGR 
"MWC 2016 g'olibi" - LG G5 / LG Rolling Bot

Chip Chick 
"Eng innovatsion" - Rolling Bot

Digital Trends
"2016 g'oliblari eng yaxshi texnikasi» - LG G5
«2016 eng yaxshi audio texnikasi» - LG Hi-Fi Plus

Expert Reviews 
"Innovatsiyalarning eng yaxshisi" - LG G5
"Eng yaxshi smartfon" - LG G5

Know Your Mobile 
"Innovatsiyalarning eng yaxshisi" - LG G5
"Eng yaxshi smartfon" - LG G5

Men’s Health
"Tahririyat tanlovi" - LG G5

MobileGeeks
"Eng yaxshi smartfon" - LG G5
"Eng yaxshi innovatsion kompaniya" - LG Electronics

Slashgear
"Eng yaxshi smartfon" - LG G5
"Eng yaxshi aksessuarlar" - LG Rolling Bot

Techradar
"Shou-tomoshada eng yaxshisi" - LG G5 i Rolling Bot
"Eng yaxshi telefon" - LG G5
"Eng yaxshi taqiladigan moslama" - LG 360 VR

Techspot
"MWC da eng yaxshisi" - LG G5

Tom’s Guide
"MWC da eng yaxshisi" - LG G5

Tom’s Hardware
"MWC da eng yaxshisi"- LG G5

Trusted Reviews
"MWC 2016 da eng yaxshisi"- LG G5 / Rolling Bot

Ubergizmo
"MWC da eng yaxshisi"– LG G5 / LG Friends