Смотреть

Smartfonlar  | 
3 Avg 2017   4130

LG Electronics o'z xaridorlariga sovg'alar hadya etmoqda

LG Electronics kompaniyasi ishi har doim bir maqsad – inson hayotini yaxshiroq, qulayroq va baxtliroq qilishga qaratilgan. Siz har kuni foydalanadigan buyumlar hayotingizni nafaqat qulay va go'zal qilishi kerak, balki quvonchga ham to'ldirishi lozim. Aynan shuning uchun LG Electronics o'z xaridorlariga sovg'alar hadya etadi!

Siz LG smartfonini 28 iyuldan 31 avgustga qadar bo'lgan muddatda xarid qilib, kompaniyadan Korzinka.uz do'konlar tarmog'ida xaridni amalga oshirish uchun 100 000 so'mgacha sertifikatni sovg'a sifatida olasiz. Endilikda, siz nafaqat ishonchli va sifatli xariddan xursand bo'lishingiz, balki o'zingizga kerakli bo'lgan mahsulotlarni umuman bepulga olishingiz mumkin!

LG G6: Ushlash, ko'rish, zavqlanish

 Biz ko'p hollarda yangi telefon xaridi chog'ida tanlov oldida qolamiz – qaysi modelning dizayni yaxshi, qaysi smartfon bizga o'zining ishlashi bilan yoqadi, boshqa model esa kamera imkoniyatlari bilan qiziq. G6 – bu bizning xohish-istaklarimizni bir yerda uyg'unlashtiruvchi noyob hodisalardan biridir. Keng shaklli displey, ramkalarning yo'qligi, ajoyib tovush, suratning juda zo'r sifati, xavfsizlik va ishonchlilik – LG mukammallikka yetishishning uddasidan chiqdi. Siz ekranda yuz berayotgan holatga butunlay “g'arq” bo'lasiz, hamda bu o'yin yoki sevimli serialning yangi qismi ekani umuman ahamiyatsiz. Siz tovushdan zavqlanasiz. Do'stlaringiz bilan juda yuqori sifatdagi fotosuratlarni bo'lishasiz.

“Selfi” ishqibozlarini keng ko'rish burchagiga ega frontal kamera xursand qiladi, u fotosuratda hattoki juda katta jamoani ham sig'dirishi mumkin. Shu bilan birga, barmoqni tugmachaga cho'zish shart emas – shunchaki qo'lingizni uch soniyaga buking va ajoyib fotosurat tayyor!

Xavfsizlikka keladigan bo'lsak, ishonch komil qilishingiz mumkinki – telefonni tabassum qilib ochish mumkin. Hamda bu oddiy so'zlar emas, balki qurilma egasini tanib olish bo'yicha qulay va ishonchli funksiyadir.

LG smartfonlar ishlab chiqib, har doim dizaynga alohida e`tibor qaratadi, biroq G6 nafaqat chiroyli telefon, balki ishonchli hamdir. Yig'ish jarayonining yuqori aniqlikda ekani tufayli qurilma chang, kir, suv va zarbalardan qo'rqmaydi. Telefonni yerga tasodifan tushirib yuborish yoki u bilan birga suvga tushib ketishdan cho'chimang - G6 sizni ranjitmaydi!

Bu innovatsiyalarning barchasi LG G6’ni zamonaviy jihatlarga ega noyob smartfonga aylantiradi. U o'ziga xos uslubga ega, ixcham, innovatsion va juda ishonchlidir. Umuman, kompaniya taklif etayotgan barcha narsa kabi. Shuning uchun G6’dan tashqari, siz Stylus 3, Stylus 2, K10 (2017), K10, Power, X View smartfonlarini xarid qilishingiz mumkin. Bu qurilmalarning har biri yuqori ergonomika, o'ziga xos uslubli dizayn, video va tovushning yuqori sifati bilan ajralib turadi. Bu modellarning egalari sovg'a sifatida Korzinka.uz do'konlari tarmog'ida xaridlarni amalga oshirish uchun 50 000 so'mga sertifikatni olishadi.

Siz aksiya haqidagi batafsil ma`lumotni quyidagi sayt orqali bilib olishingiz mumkin:http://lgblog.uz/oz/events/kupite-smartfon-lg-i-poluchite-sertifikat-na-pokupki-v-seti-supermarketov-korzinkauz