Смотреть

TV / Audio / Video  | 
15 Apr 2019   1885

LG CINEBEAM HF85LSR VA HF80LSR LAZER PROYEKTORLARI: ZAMONAVIY KO‘RINISHDAGI 120 DYUYMGACHA ULTRATINIQ TASVIR

LGElectronics (LG) kompaniyasi Rossiya bozorida CineBeam seriyasining lazer proyektorlari - 2000 Lyumen yorqinlikka ega ultraqisqafokus LG HF85LSR va  LG HF80LSR'larni taqdim etdi. Har ikkala proyektorlar FullHD o‘lchamida (1920 x 1080) tasvir diagonalini 120 dyuymgacha ta’minlagan holda SmartTVwebOS4.0 ni qo‘llab-quvvatlaydi va Magic pulti yordamida boshqariladi.

Full HD o‘lchami va 2000 lyumen yorqinlikka ega HF80LSR proyektori boshqa portativ projektorlerdan juda ko‘p imkoniyatlarni taqdim etadi. Yangilangan HF80LSR modeli avvalgi avlod HF80JS modeli bilan bir qatorda, mashhur HF85JS 7 modeliga nisbatan HF85LSR modelini yanada yorqinroq qilish uchun yanada samarali optik tizimga ega. Mukammallashtirilgan rangli aylanali yangi optik tizim HF80JS bilan taqqoslaganda aniq, chuqur va yorqin ranglarni uzatishni ta’minlaydi. Yangi 4 ta yadroli protsessor proyektorni buyruqlarga zudlik bilan javob berishini ta’minlaydi va ko'p sonli Smart ilovalarda menyu va kontentlar bo‘ylab navigatsiya jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi. An'anaviy proyektorlardan farqli o'laroq, HF80LSR va HF85LSR kompyuterlarga ulanganda tasvir, audio va video kontentni simsiz uzatish funksiyasini, Screen Share orqali smartfonlarni va Bluetooth orqali simsiz akustikani qo'llab-quvvatlaydi. Yorug'lik manbai 20000 soatlik resursga ega bo'lgan lazer diodalardir, bu 13 yildan ortiq vaqt davomida 4 soatdan tomosha qilish imkonini beradi.

LG HF85LSR proyektorining ultraqisqa fokusi 1500 lyumen yorqinlikda bo'lib, proyektorni devordan atigi 8 sm masofada o'rnatilganda  tasvirni 90 diagonal bilan taqdim etadi. Proektorni oddiy stolga yoki tumbaga qo'yish mumkin va u sizning interyeringiz dizayni bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashadi. Ekrandagi soyalar haqida xavotirlanmasangiz ham bo'ladi, chunki ultraqisqa fokus ularning paydo bo'lish ehtimolini yo'q qiladi. Proyektor uy sharoitida foydalanish uchun maqbuldir. Siz hatto standart mehmonxonada ham yuqori sifatli tasvirdan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Bundan tashqari, har ikkala proyektorlar foydali funksiyalarga ega. Shunday qilib, har qanday foydalanuvchi proyektor ekranidagi tasvirni osonlikcha trapetsiyani avtomatik ravishda tahrirlash funksiyasi bilan sozlashi mumkin. Siz video va taqdimotlarni ko'rish uchun endi noutbukka ehtiyoj sezmaysiz. Projektor,  video fayllar, tasvirlar, musiqa va ofis fayllarini, PowerPoint, Excel va Word fayllarini USB orqali o'qish imkoniyatini beradi.

«LG CineBeam proyektorlarini rangla uzatmasini yaxshilagan holda, SmartTV dasturlari va yuqori sifatli kontent bilan ularning ishlash tezligini oshirgan holda,  uy kinoteatrlari uchun takomillashtirishni  davom ettirmoqda», - deydi Yevgeniy Ovcharov, LGElectronicsning “Proyektorlar” yo‘nalishi yetakchi mutaxassisi. «Tasvir va ovoz sifatini yaxshilashga mo‘ljallangan LGning eng zamonaviy texnologiyalari tomosha qilishdan hayratlanishni kuchaytiradi, turli xil ulanish imkoniyatlari esa foydalanish stsenariylari sonini oshiradi».