Смотреть

Smartfonlar  | 
26 Fev 2017   4163

LG kompaniyasi bir qo'l bilan ishlash uchun mo'ljallangan yangi G6 smartfonini taqdim etdi

Yangi smartfon ekran tomonlarining yangi o'zaro nisbati, ixchamlik, minimalistik dizayn va konstruksiyaning yuqori ishonchliligi bilan ajratib turadi

BARSeLONA, 2017 yil 26 fevral. — LG Electronics (LG) kompaniyasi yangi shakldagi displeyga ega G6 smartfonini taqdim etdi. Unda korpus hajmi juda katta bo'lib, tasvirning kinematografik sifatini ta`minlaydi hamda keng shaklli kamera va boshqa ko'plab innovatsiyalarga ega.G6 modeli iste`molchilar talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Bu foydalanuvchilarga barcha kerakli funksiyalarni taqdim etuvchi mukofot turkumidagi klassik smartfon bo'lib, unda katta ekran bor hamda bir qo'lda bemalol joylashadi.

Bir qo'lda haqiqatdan ham qulay ushlab turiluvchi katta displey

LG G6 modeli diagonali 5,7 dyuym bo'lgan QHD+ (2880 x 1440 piksellar) turkumidagi FullVision®displeyi bilan jihozlangan. Dunyoda ilk bora smartfonda 18:9 (2:1) tomonlar o'zaro nisbati displeyi qo'llanildi. An`anaviy 16:9 bilan taqqoslaganda, 18:9 shakli kattalashtirilgan ekran bilan ajralib turadi, bu video ko'rish hamda kompyuter o'yinlarini o'ynashda qabul qilish va his etish sifatini oshiradi. LG G6 modeli xaridorlari Google Play’da oltita o'yin - Temple Run 2, Spiderman Unlimited, Cookie Jam, Genies & Gems, SimCity BuildIt va Crossy Road’dan iborat bo'lgan G6 Game Collectionpromo-kolleksiyasini bepul yuklab olishlari mumkin. Ularning umumiy qiymati 200 AQSh dollaridan ortiq. O'yinlar FullVision displeyidan foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, bir qo'l bilan oson boshqariladi.

Ekran kattaroq, uni qo'lda ushlash esa qulayroq

G6 smartfoni displeyning juda katta hajmiga qaramay ixchamdir. LG’ning G6 modeli shunday ekran kattaligiga ega boshqa qurilmalardan farqli ravishda bitta qo'lda osonlik bilan joylashadi: katta displey hech qanday noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi. Pensilvaniya shtati Universitetilik doktor Endris Freyvalds va Yonse Universitetilik doktor Ji Yang-gu boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi LG G6 smartfonining qulayligini tahlildan o'tkazishdi. Bunda bir qo'l bilan ushlanadigan korpus muvozanati, turli harakatlarni amalga oshirish qulayligi, shuningdek smartfon bilan uzoq vaqt ishlashdan so'ng mushaklar charchashi kabi ko'rsatkichlar sinovdan o'tkazildi. LG’ning G6 modeli ushbu barcha yo'nalishlarda eng yuqori baholarga sazovor bo'ldi.

O'ziga jalb etuvchi dizayn: smartfon asosan ekrandan iborat

LG’ning G6 smartfoni alyuminiy va oq, platina hamda qora rangli shishadan tayyorlangan. Model o'ta nozik didli minimalistik dizayn va qo'l bilan ushlaganda iliq tuyg'ular beruvchi materiallar ishlatilganligi bilan ajralib turadi. Telefon perimetri bo'ylab joylashgan jilosiz metall ramka yo'nalishning yagonaligini ta`kidlab turadi. Shishali orqa panel esa umuman tekis qilingan. Unda ehtimoliy zarar yetishi mumkin bo'lgan chiqib turadigan kamera yo'q. Ekran atrofidagi ramka esa maksimal darajada ingichkadir. Ekranning ustki ramkasi kengligi ancha kichraytirilib, kamera, datchik va dinamik smartfonning yuza qismi tepasiga joylashtirildi. Korpusning burama burchaklari ishonchlilikni oshirib, balandlikdan pastga qarab tushganda zarba kuchini kamaytiradi.

Dolby Vision texnologiyasi – mobil qurilmada tasvirlarni qabul qilish va his etishning yangi darajasi

LG G6 — dunyodagi Dolby Vision texnologiyasiga ega birinchi smartfon. Shu bilan bir qatorda, G6 nafaqat Dolby Vision standarti, balki HDR 10’ga ham ega. Bu har ikki standart kengaytirilgan dinamik diapazonga (High Dynamic Range, HDR) ega tasvirlar bilan ishlash imkonini beradi. Ranglarni qamrab olish va yorqinlik shunda ancha oshadi, eng yorug' va qorong'u joylar esa yaxshi sifat va yuqori detallashtirish orqali chiqariladi.

LG kompaniyasi smartfon ekranlari hajmi, shuningdek mobil Internet tezligining ortishi munosabati bilan HDR ikki standartlarni qo'llab-quvvatlashni amalga oshirish haqida qaror qabul qildi, bu foydalanuvchilarga maksimal darajadagi kontentga kirish imkonini berish maqsadida qilindi. HDR shaklidagi mahsulotlar Netflix va Amazon servislarida ko'plab taqdim etilgan. Endilikda mashhur ko'rsatuvlarni LG G6 smartfonida haqiqiy HDR-sifatda ko'rish imkoni bor. Bundan tashqari, Amazon servisida 18:9 kinematografik shakldagi kontent ko'payib bormoqda, hamda ular xuddi shunday tomonlar o'zaro nisbatiga ega QHD+ ekranida tomosha qilish uchun juda mos tushadi.

Keng shaklli suratga olish hech bir detalni chetda qoldirmaydi

LG’ning G6 modeli egalari bir guruh kishilarni suratga olishda zichroq joylashishni, joylar bilan alishishni yoki umuman boshqa yerga o'tishni iltimos qilmaydigan bo'lishdi. Hamma kadrga sig'ishi uchun suratga olishning keng shaklli rejimiga o'tish kifoya. LG G6 smartfonining orqa devorchasidagi ikkita 13-megapikselli kameralar (ulardan biri – 125 darajali suratga olish burchagiga ega keng burchakli) oddiy smartfonlar kamerasida imkonsiz bo'lgan panoramali s`yomkani bajarish imkonini beradi. G6 modelida yana bir noyob, o'ziga xos jihat bor: hattoki 4K formatidagi videos`yomkada fokus masofasini keng shakllidan standart holatga asta-sekinlik bilan o'zgartirish imkoniyati. Bundan tashqari, LG G6 smartfonining 5-megapikselli frontal kamerasi 100 darajali s`yomka burchagiga ega, hamda bu yakka va guruh selfilarini selfi-tayoqchadan foydalanmay qilish imkonini beradi. Keng burchakli kamera chekkalar bo'ylab buzilishlarni bartaraf etib, yanada tabiiy tasvirlarni yaratadi.

1:1 shaklida suratga oling hamda uni do'stlaringiz bilan bo'lishing

«Square Camera» suratga olish yangi rejimida qilingan selfi, keng burchakli fotosuratlar va fotolarni ko'rish uchun foydalanuvchi galereyaga kirishi shart emas, sababi hozirgina olingan suratlar alohida oynada paydo bo'ladi. G6 smartfonida «Square Camera» funksiyasi nazarda tutilgan bo'lib, u 18:9 shakldagi ekranni ikki kvadratga bo'ladi. Bundan tashqari, LG G6 smartfoni kamerasi Instagram, Snapchat va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etishga mos tushuvchi 1:1 shaklidagi suratlarni olish imkonini beradi. Tasvir tomonlarining boshqa o'zaro nisbatlarini ham tanlash mumkin: 4:3, 16:9 yoki 18:9. Foydalanuvchilar shuningdek, 1:1 shaklidagi s`yomkani bir oynada ko'rish, tahrir qilish va hozirgina olingan suratlarni qo'shni oynada jo'natishlari mumkin. Galereyadan 2dan 100gacha alohida kadrlarga ega bo'lgan GIF-fayllarni yaratish ham nazarda tutilgan.

Barcha kutilmagan narsalarga tayyor

LG’ning G6 modeli ishlatishdagi eng qiyin sharoitlarga bardosh berishi mumkin. Smartfon IP68 himoya kategoriyasiga to'g'ri keladi. Korpus chang tushishidan butunlay himoyalangan bo'lib, 30 daqiqa davomida 1,5 metrlik suv tubiga tushirishga ham chidamli. Agarda siz smartfonni tasodifan tashlab yuborsangiz yoki unga zarba berilsa, tashvishlanishga hojat yo'q: LG G6 konstruksiyasi eng murakkab sharoitlarda ishlashga mo'ljallangan.

Shu bilan birga, LG G6 smartfoni nafaqat xalqaro standartlarning barcha talabiga javob beradi, balki yuqori haroratdagi ancha qiyin sinovlardan o'tkazildi va o'tkir tig'li buyumlar tomonidan zarar yetkazilishga himoyasi borligini ko'rsatdi. LG kompaniyasi amaliyotida ilk bora yangi smartfonda issiqlikni issiqlik trubkasini ishlatgan holda tarqatib yuborishga mo'ljallab ishlab chiqilgan maxsus texnologiya joriy etildi. LG muhandislari issiqlikni yo'qqa chiqarishni qo'shimcha yaxshilash uchun smartfonning eng ko'p issiqlik chiqaruvchi ehtiyot qismlarini bir-biridan ancha uzoqroq masofaga joylashtirishdi.

Google Assistant yordamga keladi

LG’ning G6 modeli Google Assistant o'rnatilgan ilovasi bilan yetkazib beriladi. LG kompaniyasi Google bilan qo'shma hamkorlik natijasida  Google Assistant’ning ajoyib ishlashini hech qanday sozlashlarsiz ta`minlab berdi. Ilova bilan ishlash juda osondir. U LG’ning boshqa ilovalari bilan omadli ravishda integratsiyalashgan bo'lib, savollarga tezlik bilan javob berish, har kunlik vazifalarni yechish, musiqa va videodan bahramand bo'lish, shuningdek qurilmada ma`lumotni tez hamda samarali izlash imkonini beradi. Ilovaning server qismi sun`iy idrokka ega. Shuning uchun siz Google Assistant’dan qanchalik ko'p foydalansangiz, u sizning odatlaringiz va nimani afzal ko'rishingizni ko'proq bilib oladi.

«G6 modeli – bu yangi vizual obraz va yangi his-tuyg'ular. U katta ekran va smartfon bilan bir qo'lda ishlash imkoniyatini birlashtiradi», - deya ma`lum qildi LG Electronics and Mobile Communications kompaniyasi prezidenti Juno Cho (Juno Cho). «LG kompaniyasi innovatsion smartfonlarni yaratish bo'yicha yetakchi sanaladi. Biz qulaylik va ishonch borasidagi iste`molchilar talabiga to'la javob berib, undan ham ortiqroq natijani ko'rsatamiz».

Asosiy jihatlar: *

•    Protsessor: Qualcomm®Snapdragon™ 821
•    Displey: diagonal 5,7 dyuym, tomonlar o'zaro nisbati 18:9 (2:1), nusxa QHD+ FullVision® (2880 x 1440 / 564ppi)
•    Xotira: operativ xotira 4 Gb LPDDR4, doimiy xotira 32 yoki 64 Gb UFS 2.0, MicroSD kartasi (2 TB.gacha hajmga ega)
•    Kamera: Frontal 5-megapikselli keng burchakli (F2,2/100°)
     Ortdagi ikkita: 13-megapikselli keng burchakli (F2,4/125°) / 13-megapikselli standart OIS 2.0 optik barqarorlashtirishga ega (F1,8/71°)
•    Batareya: 3300 mAs (olinmaydigan)
•    Dasturiy tizim: Android 7.0 Nougat
•    Hajmlari: 148,9 x 71,9 x 7,9 mm
•    Og'irlik: 163 g
•    Mobil aloqa tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash: LTE-A 3 diapazon CA
•    Ulanish: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac; Bluetooth 4.2 BLE; NFC
ulagich USB C 2.0 nusxasi (3.1 standarti bilan ham ishlashi mumkin)
•    Ranglar: fazoviy qora, muzli platina, mistik oq 
•    Boshqa jihatlari: suv va chang o'tkazmaydigan korpus, barmoq izlarini olish skaneri, UX 6.0, DolbyVision™, HDR10, QualcommQuickCharge™ 3.0, 32-razryadli TsAP Hi-FiQuad

*Jihatlar mamlakatga qarab farq qilishi mumkin