Смотреть

Smartfonlar  | 
6 Yan 2016   4304

LG kompaniyasi “Eng uzun selfi zanjiri” uchun Ginnes rekordlari kitobiga kirishi mumkin

LG Electronics kompaniyasi bir joyda olingan eng davomiy selfi zanjirini tashkil etib, Ginnes rekordlari kitobiga kirish uchun ariza berdi. Bu Mexiko shahrida bo'lib o'tdi hamda unda 2.500 nafardan ortiq odam qatnashdi. Selfi olishda ishtirokchilar LG G4 smartfonidan foydalanishdi. Tadbir 13 iyun kuni Mexikodagi Chapultepek saroyi yonida bo'lib o'tdi va 2 soat davom etdi. Uni Ginnes rekordlari kitobi kuzatuvchilari tekshirib bordi.

746 dona yakka hamda guruh bo'lib tushilgan selfilar AQShda o'rnatilgan avvalgi 531 dona selfidan iborat rekordni ortda qoldirdi.

“Selfi har 10 soniyada amalga oshirildi. Bu vazifani LG G4 qayta quvvatlash talab qilmagan holda uddaladi.

Ko'p miqdordagi selfini amalga oshirgan bo'lsa ham LG G4 smartfonining quvvati tugamagan edi. Biroq bizda ishtirokchilar qolmadi”, – dedi marosimda Meksikadagi LG Electronics nomidan ishtirok etgan koordinator Daniel Agilar.