Смотреть

AT mahsuloti  | 
15 Apr 2019   1653

LG va Swisscom kompaniyalari Yevropada 5Gni ishga tushiradi

Yevropada birinchi bo‘lib Shveysariya foydalanuvchilari LGV50ThinQ 5G-smartfonlari yordamida muloqotning yangi avlodidan foydalanish tajribasiga ega bo‘lishadi

LG Electronics (LG) va Swisscom kompaniyalari hamkorlikda Yevropada tez orada 5G tarmog‘ini ishga tushirish hamda birvarakayiga bu bilan qo‘shimcha ekranli  LG V50ThinQ5G  smartfonini ham yaqin kunlar ichida Swisscom chakana do‘konlarida paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Swisscom bilan hamkorlikdan tashqari LG 2019 yilda  5G xizmatini ishga tushirishni rejalashtirayotgan boshqa Yevropa operatorlarini ham  hamkorlikka chorlamoqda.  

LGV50ThinQ 5G smartfoni yangi Qualcomm® Snapdragon™ 855 mobil platformasi va SnapdragonX50 5G modemlari bilan ishlaydi. 5G texnologiyasi LTEga qaraganda ko'proq quvvat talab qiladigan LGV50ThinQ smartfoni 4000 mAch quvvat batareyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu LGV40ThinQ batareyasidan 20 foizga ko'proqligini anglatadi. Smartfon haddan tashqari qizib ketmasdan qo'shimcha  yuk bilan ishlashi uchun bug'lantirish kamerasiga ega bo'lgan issiqlik tarqatish tizimi bilan jihozlangan. Bunday tizimning kuchi avvalgi LGV40ThinQ modelining sovutish tizimidan qariyb uch baravar yuqori.

5G texnologiyasi kamroq vaqt ichida ko'proq kontentni yuklab olish imkonini beradi. Ushbu texnologiyaning afzalligini anglash uchun LGV50ThinQ foydalanuvchilari ikkinchi ekranni ulashlari mumkin. Bir martalik ulanishdan so'ng, ikkinchi ekran papka ko‘rinishida ochiladi va 6.2 dyuymli OLED displeyini taqdim etib, musiqa konsertlari va sport tadbirlarini jonli efirga uzatuvchi, yuqori tezlikda 5G texnologiyasi asosida yaratilgan. LG V50ThinQ 5G gorizontal tarzda aylantirilganda to'liq funksiyali o'yin qurilmasiga aylanadi va ikkitali ekran esa maxsus boshqaruv paneliga aylanadi. Ikki ekranli ko‘p vazifali rejimi butunlay boshqacha darajaga chiqadi: faol oynani yopmagan holda boshqa ekranda Internetdan filmlarni qidirish paytida bir vaqtning o‘zida film ham tomosha qilishdan zavqlaning. Eng asosiysi - batareya quvvatini tejash va yo'lda qurilmaning og'irligini kamaytirish uchun ikkitali ekranni tezda uzib qo'yish ham mumkin.

«LG 5G texnologiyasi sohasida o'z yetakchiligini kengaytirishga, yangi qurilmalarni joriy etishga va Swisscom kabi hamkorlar bilan mijozlarga yo'naltirilgan hamkorlikni yo'lga qo'yishga katta e'tibor qaratadi, - dedi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasining katta vitse-prezidenti va biznes-bo'limi rahbari Morris Li. - Yevropada 5G texnologiyasini tijoriylashtirishni tezlashtirish uchun yaqin hamkorlik kerak bo'ladi va LG mintaqada 5G xizmati keng tarqalib turganda asosiy ishtirokchilaridan biri bo'lishga intiladi».

«Shveysariyada 1-raqamli AKT-provayder bo‘lgan Swisscomning maqsadi, foydalanuvchilarga ilg'or imkoniyatlarni taklif etish va kelajak texnologiyalarini yaratishdan iborat, -  deya ma’lum qiladi Swisscom kompaniyasining marketing va mahsulot bo'yicha bo‘lim boshlig‘i Dirk Verjbitski. - LG 5G texnologiyasini haqiqatdan amalga oshirishni maqsad qilgan asosiy ishtirokchi sifatida namoyon bo‘ladi va shu bilan shveysariyalik foydalanuvchilarni axborot maydonida yangi avlod aloqa imkoniyatlari bilan ilhomlantiradi».