Смотреть

Maishiy texnikasi  | 
30 Iyul 2018   951

LG NeoChef o‘zingiz uchun qanday vaqt topishingizga yordam beradi

 

LG mikroto‘lqinli pechi bilan sutkada go‘yo qo‘shimcha soat paydo bo‘lgandek
 
 
Uy taomlari har doim mazalidek tuyulgan. Biroq, uni tayyorlash uchun ko‘p vaqt talab etiladi va vaqt esa har doim ham bemalol bo‘lmaydi. Shunday emasmi?  LG NeoChef mikroto‘lqinli pech bilan esa oson va tez taom tayyorlanadi.   
 
Hammasi muzdan tushirishdan boshlanadi. Smart Inverter texnologiyasiga ega bo‘lgan mikroto‘lqinli pech, yuqori quvvat va aniq nazorat tufayli go‘sht va baliqlarni kamroq vaqt ichida muzdan eritib turish imkonini beradi. Siz har doim go‘sht bo‘lagining o‘rtasi muzidan tushmay chetlari qizib ketdi deya tekshirishingizga va havotirlanib muzdan tushirish vaqtini yana uzaytirishingizga hojat yo‘q.
 
Isitish bilan bog‘liq huddi shunga o‘xshash holat. Qachon so‘nggi bora sho‘rvani oddiy mikroto‘lqinli pechda qanday isitganingiz esingizdami? Ehtimol, Siz sho‘rvani bir muddat isitib, so‘ngra uni yaxshilab aralashtirib va yana isitgan bo‘lsangiz kerak. LG NeoChef sizning vaqtingizni tejagan holda ortiqcha harakatlardan halos etadi.
 
Yuqori quvvat sizning sevimli taomlaringizni oddiy mikroto‘lqinli pechlarga nisbatan kamroq vaqt ichida tayyorlashga imkon beradi. Misol uchun, LG NeoChefda konveksiya rejimi bilan tovuq 1.6 marta tezroq tayyorlanadi va sizdan doimiy nazoratni talab qilmaydi. Tartibni tanlang, mahsulotni idishga joylang va o'z yumushlaringiz bilan band bo‘ling.
 
Doimiy shoshib yurgan zamonaviy odam uchun hotirjamlikda mutolaa qilish yoki shunchaki sokinlikda o‘tirish uchun vaqt topish juda qiyin. LGning samarali texnikalari maishiy yumushlarni bajarishni yengillashtirib, o‘zingiz uchun vaqt topishga yordam beradi.