Смотреть

Smartfonlar  | 
19 Iyun 2018   3200

Mashhur suratkash VAGAART LG V30 + smartfoni kamerasida professional suratlar oldi

 

Smartfonda olingan suratlarni professional fotoapparatda yaratilgan ishlardan ajratib olish qiyin edi
 
VAGAART nomi bilan mashhur suratkash Vagif Maylov oliy toifadagi LG V30+ smartfoni kamerasida qoyilmaqom qilib suratlar oldi. Olingan suratlarni professional fotokamerada olingan tasvirlardan ajratish mushkul edi.
 

 

Muvaffaqiyatli suratlar olishning siri – muallifning mahorati va so‘zsiz LG V30+ smartfonining misli ko‘rilmagan imkoniyatlaridadir. Vagif Maylov o'ziga xos loyihalari bilan tanilgan bo‘lib, suratkash o'ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. VAGAARTning ishlarini dunyoning 65 mamlakatida ko'rish mumkin, loyihalarning asosiy qismini tijorat reklamalari uchun suratlar tashkil etadi. Ikki shaharda - Istanbul va Olmaota shaharlarida yashovchi Vaga, nafaqat fotosuratlarni, balki san'at asarlarini yaratishga qodir. LG ​​V30 + da VAGAART kameraning odatiy obyektivida emas, balki smartfon kamerasida yuqori darajadagi badiiy suratlar yaratdi.
 

 

Shuni ta’kidlash joizki, mazkur loyiha uchun telefon modelini tanlash haminqadar murakkab edi, sababi LG smartfonlari mobil fotografiya sohasida yetakchi hisoblanadi va LG V30 + bu an'anani davom ettiradi.
Shunday qilib, LG V30 + obyektivi odatda faqat ilg‘or kameralarda ishlatiladigan material - Crystal Clear shisha linzalari bilan maqtanishi mumkin. Bu esa, boshqa smartfonlardagi an'anaviy plastik linzalarga qaraganda, ranglarni ko'paytirish va aniq tasvirni yanada aniqroq qilish imkonini beradi. Asosiy kamera esa f/1.6 diafragma linzalari bilan jihozlangan bo‘lib, yorug'likni ko'proq yoritib turadi va yanada yorqin fotosuratlar yaratishga imkon beradi. 
 

 

 VAGAART LG V30+ kamerasida olgan suratlarida smartfonning imkoniyatlarini yaqqol ko‘rish mumkin, mobil suratlarda tiniqlik va suratlarning tafsilotlari sifat borasida boshqa bir proffesional fatoapparatda olingansuratlar bilan raqobatlasha oladi. LG V30+ da olingan suratlarning yorqin ranglari tufayli huddi tasvirlar “jonlanayotgandek”, tasvirlardagi modellar esa Siz bilan so‘zlashadigandek yoki holatini yangilaydigandek go‘yo.
 

 

Suratkashning ta’kidlashicha, mobil suratlar ilk tajribasi bo‘lgan: “LG V30+ kamerasi portret rasmlar bilan a'lo darajada uddaladi, ayniqsa menga keng olamni tasvirga tushirishi, shu bilan birga super keskinlik bilan tafsilotlarni mukammal uzatishi yoqdi. Aql bovar qilmas, lekin hech bir smartfon kamerasida bunday makro-tasvirlarni ko'rmaganman!”.