Смотреть

Smartfonlar  | 
26 Apr 2018   3037

LG G7 ThinQ FullVision displey hattoki quyosh nuri va quvvat pastligida ham ajoyib yorqinlikni ta’minlaydi

 

Yangi super yorqin ekran quvvat darajasi pastligida ham ajoyib tasvirni ta’minlaydi
 
LG Electronicsning kelajakdagi flagmani yangi 6.1-dyuymli FullVision displey bilan jihozlangan bo'lib, 1000 nit maksimal yorqinlikni ta’minlovchi  QHD + piksellar sonini (3120 x 1440 piksel) tashkil etadi va bugungi kunda smartfonlar bozoridagi eng yorqin ekran sifatida namoyon bo‘ladi.
LG dan Super Bright Display yangi texnologiya bilan ta’minlangan LG G7 ThinQ yorqin quyosh nurida foydalanish qulayligi uchun mo‘ljallangan va bunda smartfonning avvalgi avlodi bilan solishtirilganda ekranning quvvatni sarf etish darajasi 30%ga kamaytirilgan. 
 Super Bright Display texnologiyasi bilan LG G7 ThinQ  ekranidagi ranglar yorqin nurda ham tabiiy va to‘yingan ko'rinadi. DCI-P3 rang ko`rsatkichining 100% ni ko`rsatib,   LG G7 ThinQ avtomat ravishda oltita rangli sozlamalarga - Avto, Eko, Kino, Sport, O‘yinlar  va Ekspert  moslasha oladi.  Avtomatik rejim kontentni video, foto, o'yin yoki veb-sayt sifatida tahlil qiladi va aniqlaydi hamda eng yaxshi ko'rish tajribasi uchun ekran sozlamalarini optimallashtiradi, shuningdek energiya sarfini kamaytiradi. Smartfon bilan boshqaruv funksiyasi yanada ko‘proq  bo‘lishini istagan tajribali foydalanuvchilar uchun  LG G7 ThinQ da  kameraning foydalanuvchi interfeysi alohida kiritilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga har bir RGB sozlamasi uchun aylantirish g'ildiragi bilan ranglarni nozik sozlash qobiliyatini ta'minlaydi.
 
Ekran va LG G6 korpusi o'rtasidagi mukammal munosabatlarni yaxshilash uchun,  G seriyali  LG smartfonlarining yettinchi avlodi o‘ta oddiy va noyob ergonomik bukilgan shisha sabab bir qo‘lda foydalanganda juda qulay. O‘tgan yilda ilk marta e’lon qilingan  va namoyish etilayotgan FullVision displeyi tomonlarning 18:9 nisbati bilan LG G7ThinQ uchun yaxshilandi.  LG G6 bilan solishtirganda FullVision displeyi yanada ingichka pastki hoshiyaga ega.
Hoshiyasiz dizayn FullVision displeyi tomosha qilishda yanada ko‘proq yuklash effektini beradi, yangi zaxira ekran ekranning yuqori qismida xabarnoma uchun asosiy maydonni egallamasdan, qo'shimcha joy yaratadi. Yangi zaxira ekranni an’anaviy tashqi ko‘rinish uchun faolsizlantirish yoki unda mutlaqo noyob foydalanuvchi interfeys uchun turli ranglarni aks ettirishni o‘rnatish mumkin bo‘ladi.