Смотреть

Smartfonlar  | 
4 Iyul 2018   3738

BTS GURUHI VAKILLARI BILAN MAXSUS KONTENTLAR FAQATGINA LG SMARTFINI EGALARI UCHUN

 

BTS guruhi bilan mavzular to'plamlari va LG G7 ThinQ uchun mo'ljallangan maxsus jild foydalanuvchilar uchun  smartfon interfeysini butunlay o'zgartirish imkonini beradi
 
SEUL, 2 iyul 2018 yil - LG Electronics (LG) kompaniyasi BTS guruhi bilan LG smartfonlarida mavjud eksklyuziv kontentni ishga tushirdi. Ushbu taklif bugungi kunda eng mashhur k-pop guruhi - BTS bilan LG hamkorligi tufayli muhim ahamiyat kasb etdi.
 
LG smartfoni egalari LG Smart World ilovasi orqali BTSning bir nechta mavzular to’plamini yuklab olishlari mumkin. To'plam foydalanuvchi interfeysini to'liq aks ettiruvchi har bir guruh a'zosi uchun 7 ta mavzuni o'z ichiga oladi: asosiy ekran, turli menyular, terish ekrani va boshqa interfeys elementlari. Kontentni o'tgan yildan buyon chiqarilgan LG smartfon modellari egalari yuklab olishlari mumkin.
 
Bunga qo'shimcha ravishda, LGG7 ThinQ uchun maxsus jild* nafaqat zamonaviy ko'rinish beradi va himoya bilan ta'minlaydi, balki foydalanuvchi interfeysi BTS guruhi uslubida sozlash imkonini beradi. Bu NFC texnologiyasi yordamida smartfon egalari uchun dunyodagi eng mashhur k-pop guruhi a'zolari bilan eksklyuziv mavzulardan foydalanish imkonini berdi.
 
Guruh ramzi aks etgan LGG7 ThinQ uchun jild BTS guruhi muxlislariga sakkizta noyob mavzulardan foydalanish imkonini beradi: ularning yettitasi guruh a'zolaridan biri bilan, va sakkizinchisi butun guruhni birgalikda tasvirlaydi. Noyob fon, ranglar tuzilmasi va hatto ikonkalar butunlay LGG7 ThinQ foydalanuvchi interfeysini o'zgartiradi.
BTSning har bir ishtirokchilari fotosurati aks etgan mavzularning turli xilligi sabab, butun dunyo bo'ylab guruh muxlislari uchun o’z smartfonlarini shaxsiylashtirish imkonini beradi.
 
*Mavjudliksavdo hududiga bog’liq