Смотреть

Maishiy texnikasi  | 
1 May 2020   819

Sizga yangi kir yuvish mashinasi zarurligining 5 alomati

Kir yuvish mashinasining qaysi signallariga e'tibor qaratish lozim.

Kir yuvish mashinasi ishdan chiqa boshlaganda kir yuvish paytida kiyim-kechakning sekin-asta rangi ocharadi va o‘z shaklini yo‘qotadi. Hayotni yengillashtirish o‘rniga kir yuvish mashinasi faqat muammolarni oshiradi. Biz nosozlikning ilk alomatlari paydo bo‘lgan paytni qo‘ldan boy bermasligingiz uchun bir qator tavsiyalarni to‘pladik. Bir yo‘la zamonaviy kir yuvish mashinalarining imkoniyatlari haqida ham hikoya qilib be-ramiz.

 

Chiqarilgan yili

Kir yuvish mashinasining ishlatilib eskirib borgani sari shunchalik ko‘proq texnik nosozliklari paydo bo‘lib boradi va shunchalik ta'miri ham qimmatlashib boradi – eng avvalo shuning uchunki, bunday mashinaning detallarini yildan-yilga topish qiyinlashib boradi va ularni alohida buyurtma qilishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, yangi kir yu-vish mashinalari shunchaki suv va elektr energiyasini kamroq sarf qiladi.

Harakati va tovushi

Kir yuvish mashinasi chiqarishi kerak bo‘lgan yagona tovush – kiyim-kechakni yuvish tovushidir. Agar siz kir yuvish mashinasi kuchli tarzda dirillayotgani yoki hattoki joyi-dan siljiyotganligini sezib qolsangiz, uning o‘rnatilishi to‘g‘rimi yoki yo‘qmi tekshirib ko‘rishingiz kerak. Agar sababi bunda bo‘lmasa, muammo dvigatel yoki barabanda bo‘lishining ehtimoli katta. Ta'mirlash uchun pulni berishdan avval, shunchaki yangi kir yuvish mashinasini sotib olishingiz foydaliroqmi yoki yo‘qmi surishtirib ko‘ring. LG AI DD yangi avlod kir yuvish mashinalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatma tizimi bilan invertorli motor kir yuvish sifatini oshiradi, yanada ko‘pga chidaydigan hisoblanadi va shu bilan birgalikda shovqin chiqarmaydi va dirillamaydi.

Kiyim-kechak hidi

Agar kir yuvishdan keyin kiyim-kechakda yangi xushbo‘y hid bo‘lmasa yoki yoqimsiz hidni sezsangiz, kir yuvish mashinangizda mog‘or paydo bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Bizning maslahat – albatta kir yuvish mashinasini mog‘or va zamburug‘ning bor yoki yo‘qligiga tekshirib ko‘ring, keyin esa maxsus vositalar yordamida tozalab chiqing. Hattoki buni bir necha marta qilganingiz ma'qul. Agar bu ham yordam bermasa, unda kir yuvish mashinasini almashtirgan ma'qul.

Zamonaviy funksional

Zamonaviy kir yuvish mashinalari kir yuvishni yanada qulayroq qilishadi. Masalan siz smartfonga kir yuvish mashinasi uchun ilovani yuklab olishingiz va sizning kir yuvish mashinangiz qanday harakatlarni bajarayotganini kuzatib borish, kir yuvish sikllarini boshqarish va uning ishlashi to‘g‘risida bildirishnomalarni olib turishingiz mumkin. Qo‘shimcha funksiyalar muayyan model yoki lineykaga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib LG AI DDkir yuvish mashinalarida Steam+ bug‘ funksiyasi mavjud bo‘lib, u qat qat taxlarni to‘g‘rilab qo‘yadi va allergenlar, shu jumladan salomatlik bilan bog‘liq noxush muammolarni chaqiradigan chang kanalarini 99,9 foizgacha yo‘qotadi.

Suv va elektr energiyasi uchun katta to‘lovlar

Agar siz o‘z kir yuvish mashinangizni ancha ilgari sotib olgan bo‘lsangiz, unda uning suv sarfi juda yuqori bo'lishi ehtimoli katta. Zamonaviy kir yuvish mashinalari elektr energiya va suvni ikki barobar kamroq sarflashadi, bu ekologiya va oila budjeti uchun ancha foydaliroqdir. Agar oldinlari barabanlarda bitta suv purkagichi bo‘lgan bo‘lsa, u holda LG AI DD kir yuvish mashinalarining yangi lineykasida ular naq to‘rtta bo‘lib, bu 3D-formatda purkaydi. Bu naq 20 daqiqani tejagan tarzda, mos ravishda elektr energiyasi va suvning sarfini kamaytiradi va kir yuvish vaqtini 39 daqiqagacha qisqartirish imkonini beradi.