Смотреть

TV / Audio / Video  | 
19 May 2020   721

Sizda LG NanoCell TV bo’lsa, uydan yaxshi joy yo’q

“Nano” qo’shimchasi nimani bildiradi va LG taqdim etadigan eng yaxshi LED-televizorlari to’g‘risidagi boshqa qiziqarli faktlar

Onlayn-kinoteatrlardagi jahon premeralari va sevimli seriallar yoki karaoke va blogerlarning kanallari? Siz nimani tanlagan bo’lardingiz, tasvir va tovushning sifati muhim. LG NanoCell TV kabi ana shunday yaxshi televizor Sizga mana nima uchun kerak. NanoCell — LG taqdim etadigan LED-ekranlarni ishlab chiqarishning eng mukammal texnologiyasi. U ekranning ustiga changlatadigan bir nanometr o’lchamdagi maxsus zarrachalar tufayli o’z nomini olgan. Nanozarrachalar xira ranglarni filtrlab chiqadi, shuning uchun tasvir toza va yorqin chiqadi. Biroq, bu NanoCell displeylarini LED-televizorlar bozorida eng yaxshilardan biri qiluvchi barcha texnologiyalar emas.

To’liq matritsali qorong‘ilashtirish

Ushbu texnologiyaning ishlash tamoyilini tushuntirish uchun avvaliga umuman olganda LED-displeylar qanday ishlashini yodga olish zarur. LED abbreviaturasi light-emitting diode, ya'ni “yorug‘lik diodi” degan ma'noni bildiradi LED-ekran yuzlab kichik yorug‘lik diodlaridan iborat, ularning har biri ma'lum bir rangni aks ettiradi. Bu ranglarni ko’ra olishimiz uchun yorug‘lik diodlari qo’shimcha ravishda yorqin oq rang bilan yoritiladi LED-ekranlarning ko’pchiligida qo’shimcha yoritish televizorning o’z matritsasi qirralarida joylashtiriladi, ya'ni yorug‘lik bir qirradan boshqasiga tarqaladi. SHu sababli qoramtir sahnalarda yorishishlar yuz berishi mumkin, qora rang esa ko’proq qoramtir kulrangga o’xshab ketadi.

NanoCell televizorlarida qo’shimcha yoritish bevosita yorug‘lik diodlari ortida joylashadi va faqat aynan hozirgi paytda zarur bo’lgan zonalarni yoritadi. Shuning uchun, film, serial yoki o’yinda voqealar qorong‘ilik yoki g‘ira-shiralikda rivojlansa, biz ko’proq detallar va nozik jihatlarni ko’ra olamiz.

Obzorning keng burchagi

LED-ekranlar agar ularga burchak ostida qaralsa, rangni buzib ko’rsatishini ko’pchilik biladi. Ya'ni faqat agar ularga bevosita markazi bo’yicha qaralsagina yaxshi tasvir va haqiqiy ranglarni ko’rish mumkin bo’ladi. LGmuhandislari ushbu muammoni hal etishning uddasidan chiqishdi va siz televizorga nisbatan qayerda joylashgan bo’lmang NanoCell televizorlarida rang uzatish aniq bo’lib qolaveradi. Ya'ni televizorni ko’pchilik yoki oila davrasida bo’lib tomosha qilsangiz, hamma bir xil haqiqiy va yorqin tasvirni ko’ra oladi.

HDR qollab-quvvatlovi

HDR High Dynamic Range yoki “keng dinamik diapazon” degan ma'noni bildiradi . Bu tasvir bilan ishlashning ilg‘o rtexnologiyasi hisoblanib, tasvirni o’zigaxos to’liq va ko’zga tashlanadigan qiladi. Ko’pchilik zamonaviy kinоmatografiya ustalariga ushbu texnologiya o’zining ta'sirchanligi yorqinligi uchun manzur bo’ldi, shuning uchun ko’plab filmlar va seriallar bira to’la HDR formatida suratga olinadi.

LED-televizorlar kamdan-kam hollarda HDRni qo’llab-quvvatlashadi, shuning uchun ko’plab ranglar va tuslarni aks ettirishda “yoyilib ketadi”. NanoCell televizorlari Technicolor, Dolby Vision va HDR 10 dan taqdim etiluvchi ayniqsa Gollivudda sevimli Advanced HDRni qo’shgan holda ko’pchilik HDR formatlarini qo’llab-quvvatlaydi. Shu tufayli siz doimo rejissyorlar va operatorlar o’ylab topgan aynan shu tasvirni ko’rasiz. 

Intellektual texnologiyalar

Yildan yilga LG televizorlari tobora mukammal va aqlli bo’lib bormoqda. Yaqin kelajakda televizorlarning funksiyalari seriallar, kino va video o’yinlar uchun oddiy ekran doirasidan ancha uzoqqa chiqib ketadi. Sun'iy intellekt va betakror “Uyni boshqarish paneli” platformasi tufayli LG televizori xonadon texnikasi va aqlli uyning barcha tizimini boshqarishning markaziga aylandi. Hozirning o’zidayoq LG ThinQAI tufayli LG taqdim etadigan maishiy texnikaga buyruqlar berish, televizorga savollar qo’yish va zarur axborotni qidirish imkoni mavjud. Va bu faqat boshlanishi – bizlarni oldinda hali ko’plab ajoyib kashfiyotlar va innovatsiyalar kutmoqda.