Смотреть

Korporativ yangiliklar  | 
18 May 2020   701

LG o’z iste'molchilari uchun mahsulotga kafolat muddatini 3 yilgacha uzaytirmoqda

LG xaridorlarini qo’llab-quvvatlash xizmati – bekamiko’st servisning etaloni.

Agar siz maishiy texnikani qanday qilib sozlashni bilmasangiz, qayerga qo’ng‘iroq qilish va nima qilish kerak? Javob oddiy – bu borada o’z ishining ustalariga tayanish lozim. LG mijozlarni qo’llab-quvvatlash markazlari mahsulotni xarid qilib olish va foydalanishning barcha bosqichlarida butun O’zbekiston bo’yicha foydalanuvchilarga yordam berishadi. Televizor, muzlatkich yoki kir yuvish mashinasini xarid qilib olgandan keyin 0800-120-2222 bepul ishonch telefoniga qo’ng‘iroq qilib, texnikaning sozlanmalari va ulanishlari to’g‘risida axborot olishingiz mumkin.

Xaridorlarni servis qo’llab-quvvatlash xizmatining mutaxassislari modelni ekspluatatsiya qilishning tavsiflashlari va o’ziga xos jihatlari masalalari bo’yicha bajonidil maslahat berishadi, joriy promo aksiyalar haqida gapirib berishadi, dilerlarning qaysi do’konida tovarni xarid qilib olish qulayroq bo’lishini tavsiya qilishadi. Darvoqe, LG yangi foydalanuvchilar uchun ba'zi bir tovarlarning kafolat muddatlarini 3 yilgacha uzaytirmoqda.

Har bir LG avtorlashtirilgan servis markazlarining hududida ehtiyot qismlarning katta ombori joylashgan, bu ham sezilarli ravishda xizmat ko’rsatish vaqtini qisqartiradi. Sizga eng qisqa muddatlarda har qanday gadjet ishini yo’lga qo’yishda yordam berishadi! Barcha ko’rsatilgan xizmatlar uchun firma kafolati amal qiladi.

LG kompaniyasining mahsulotlari o’z ishonchliligi va ko’pga chidamliligi bilan dovruq qozongan va shu bilan birgalikda ko’p muddatli kafolatga ega. LG kompressori bilan butlangan konditsionerlar va muzlatkichlar, shuningdek to’g‘ri uzatma bilan kir yuvish mashinalari energiya samaradorligi va ish mahsuldorligini oshiradi, ishonchlilik va ko’pga chidamlilik esa ishlab chiqaruvchidan 10 yillik kafolat bilan mustahkamlangan. Hattoki LG kabi ana shunday yuqori sifatli texnika uchun ham foydalanuvchining g‘amxo’rligi zarurligini yoddan chiqarmang.

0-800-120-2222 ishonch telefon raqamlariga qo’ng‘iroq qiling, www.LG.uz saytida talabnomalaringizni qoldiring

Biz Siz haqingizda qayg‘urayotgan texnika haqida qayg‘uramiz.