Смотреть

Konditsionerlar  | 
26 Fev 2019   409

LG Electronicsning doimiy ustunligi AHRI Performance Awards mukofotlariga sazovor bo‘ldi

Kompaniyaning ilg‘or mahsulotlari o‘ziga xos sifat ko‘rsatgichlari tufayli olti toifadagi mukofotlarga loyiq topildi

LG Electronics (LG)ninghavoni konditsionerlash ilg‘or mahsulotlari Konditsionerlashtirish, isitish va sovutish instituti (AHRI)ning nufuzli PerformanceAwards mukofotining oltita toifadagi mukofotlariga sazovor bo'ldi. LG uchun hayratlanarli g‘alaba ilk marotaba bir vaqtning o‘zida mahsulotlarning olti toifadagi mukofotiga sazovor bo'lgan g'olibi bo'ldi! Ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan ustun tizimlarni taklif qilish orqali, LG dunyoda o'zining obro'sini mustahkamlamoqda.

1953 yilda tashkil etilgan AHRI xalqaro miqyosda hurmatga sazovor bo'lib, 350 ta global konditsioner ishlab chiqaruvchilarni o'z ichiga oladi. Tashkilotga foydalaniladigan mahsulotlarni juda yaxshi baholash jarayonini qadrlaydigan iste'molchilar ishonadi.

AHRI Performance Awards mukofotini olish uchun yetakchi sertifikatlash organi Intertek mutaxassislari belgilab qo‘yilgan tasniflarlarga nisbatan amaldagi ishlab chiqarilishiga muvofiqligini baholaydilar. AHRI har bir mahsulot uchun har bir ishlab chiqaruvchidan (avval AHRI tomonidan sertifikatlangan) mahsulotlarning 20 foizini tasodifiy ravishda tanlaydi. Faqat ketma-ket uch yil mobaynida samaradorlikning dastlabki baholanishidan o'tgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari AHRI Performance Awards mukofotini olgan hisoblanadi.

LG ning jami 56 ta havoni konditsionerlash yetakchi tizimlari institut tomonidan uch yil ketma-ket (2015 yildan 2017 yilgacha) o‘tkazib kelinayotgan, Performance Awards bahosidan o‘tgan asosiy oltita toifadagi mahsulotlar qatoriga shu jumladan MultiV, MultiF multizona tizimlari, USHP kichkina issiqlik nasosi, kichkina USAC-konditsioner, avtonom PTAC-konditsionerlari, suv sovituvchi va isituvchi issiqlik nasoslari, shuningdek havo-suv issiqlik nasoslari kiritildi.

Invertorli kompressor bilan jihozlangan LG MultiV flagmanli konditsioner tizimi  yuqori darajali ish faoliyatini hamda energiya samaradorligini namoyish etadi. Ushbu model Amerika Qo'shma Shtatlarining shimoliy hududlarida mashhur bo'lib, u yerda qish ko'pincha uzoq va qattiq bo'ladi, chunki uskunaSelsi shkalasi bo‘yicha  -30 darajagacha soviq bo'lgan haroratda samarali ishlashi mumkin.

MultiF tizimi isitish va sovutish uchun g‘oyatda maqbul bo‘lib, katta sanoat binolari uchun mo'ljallangan. Bitta tashqi blokga beshtagacha ichki bloklarni ulaah mumkin va har bir ichki bloklarni alohida nazorat qilish ham mumkin. Ichki bloklarning keng turi - devor, pol, ship uchun bo‘lib,iste'molchilarga ajoyib biznes imkoniyatlarini beradi.

Avtonom PTAC konditsionerlari, misol uchun, mehmonxonalarda o‘zining chidamliligi tufayli keng qo‘llaniladi. Uning issiqlik moslamasi energiya tejash va texnik xarajatlarni kamaytirish uchun korroziyaga qarshi va gidrofil qoplamalar bilan himoyalangan. Bundan tashqari, PTAC konditsionerlari shu qadar shovqinsiz bo‘lib, sokin va qulay muhit yaratishga imkon beradi.

"LG jahon bozorida o'z mavqeini mustahkamlashda davom etaveradi va o'zining mijozlariga halollik va asosiy qadriyatlarga sodiqlikni namoyon etadi", - dedi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasining Air Solution Business Unit bo‘linmasning ijrochi vitse-prezidenti Lee Kam-hyu.