Смотреть

TV / Audio / Video  | 
29 Apr 2020   695

8Kda futbol. LG o‘z televizorlarida namoyish etish uchun maxsus videoni suratga oldi

LG “TottenxemXotspur” futbol klubi bilan hamkorlikda namoyishning misli ko‘rilmagan haqqoniyligini taqdim etish uchun Tottenxem — Bernli o‘yini vaqtida videorolikni suratga tushirdi

LGElectronics (LG)kompaniyasi 8K formatida Premer-ligadagi TottenxemXotspur futbol o‘yini bilan birinchi videorolikning yaratilganini e’lon qildi. Vazifa - LGOLEDvaNanoCell 8Ktelevizorlarida tomosha qilish uchun yuqori sifatli futbol videomateriaini yaratish. Kadrlar 2019 yilning 7 dekabrida TottenxemXotspur yangi      zamonaviy stadionida bo‘lib o‘tgan Tottenxem — Bernli o‘yini vaqtida olingan.

LG va Tottenxem o‘yinni ko‘p kamerali suratga olishdan foydalangan holda ShootMedia video va kontent-marketing bo‘yicha agentlik bilan birgalikda suratga olishdi, taniqli sport prodyuseri Mett Ramsi esa o‘yinga prodyuserlik qildi. Jamoa mamlakatda bor-yo‘g‘i sakkizta bo‘lgan - to‘rtta 8KRedMonstroVV kameralari va ShootMedia linzalari to‘plami bilan ish olib bordi.

Olingan videomaterialdan 75 soniyali video yaratilib, u mart oyining oxiridan boshlab butun jahon bo‘ylab sotuvlarning alohida nuqtalarida LG 2020 8KOLED va NanoCell televizorlarida eksklyuziv ravishda namoyish etiladi.

LGtelevizorlari dunyoda birinchi bo‘lib Iste'molchilik texnologiyalari assotsiatsiyasining “8KUltraHD” formatidagi mahsulotlar va xizmatlarning yangi avlodi ta'rifiga bo‘lgan qat'iy talablardan o‘ta olishdi: ular 4KTV bo‘yicha 4 martadan ortiq detallashtirish va HDTVga qaraganda 16 marta batafsilroq tasvirni ta'minlashadi. LG dan taqdim etiladigan Real 8K televizorlari aniqlik xususiyati, raqamli kirish signallari, kengaytirilgan dinamik diapazon, masshtablashtirish, rang teranligi va o'lchash uslubiyotiga talablarni qo‘shgan holda CTA muayyan talablari chegarasidan chiqqan birinchi televizorlarga aylandi. LG eng yangi 8K televizorlari shuningdek yangi α (Alpha) 9 Gen 3 AI protsessori tufayli yaxshilangan tavsifnomalarga ega. Chuqur o‘rganish texnologiyasini qo‘llagan holda, 2020 lineykasi sun'iy intellekt yordamida masshtablashtirish orqali har qanday turdagi kontent bilan optimallashtirilgan tasvir va tovush sifatini ta'minlaydi.