Смотреть

Smartfonlar  | 
8 Iyul 2016   5891

LG G5’da 360 darajali gulqog'ozlar bilan virtual reallik

Bepul sferik gulqog'ozlarni (oboylarni) LG Smart World’ga yuklab olishingiz mumkin.

LG Electronics (LG) kompaniyasi  chiroyli panorama rasmlarni bepul yuklab olishni taklif etadi, shu tariqa LG foydalanuvchilari o'zlarining G5 smartfonlarida 360 darajali tasvirlarning salohiyatini to'liq his qilishlari mumkin.

360 Wallpaper funktsiyasi foydalanuvchilarga sferik tasvirlarni LG G5’ning asosiy ekraniga fon tasviri sifatida o'rnatish imkonini beradi. Telefon harakatlanganda yoki ekran varaqlanganda, fon virtual reallik qurilmalaridagi kabi jonlanadi. 360 darajali suratlarni Cinematic View’da ko'rish mumkin, LG 360 CAM moduli esa sferik tasvirlar yarata oladi, bu tasvirlardan o'z o'rnida G5 uchun gulqog'oz sifatida foydalanish yoki  Google Street View’ga yuklash mumkin.

LG G5 foydalanuvchilarida professional suratkashlar tomonidan yaratilgan ajoyib gulqog'ozlarga bepul egalik qilish imkoni paydo bo'ldi, bundan tashqari hayajonga soluvchi manzaralar va dunyoning mashhur shaharlari suratlari ham betakror gulqog'ozlarda o'z aksini topgan. LG Smart World’da 22ta surat yuklab olish uchun tayyor, noyabrgacha har oyda to'rttadan yangi surat muntazam ravishda qo'shib boriladi. 

“G5 foydalanuvchilarni mobil o'yin tajribasi bilan ta'minlash maqsadida yaratilgan va 360 darajali tasvirlar ushbu tajribaning asosiy qismi hisoblanadi”, - dedi LG Mobile Communications kompaniyasining vitse-prezidenti va marketing aloqalari rahbari Kris Yi. “360 darajali suratlar texnologiyasi hozircha boshlang'ich bosqichda, biroq biz bu texnologiya mobil qurilmalar sohasiga virtual reallikdagi innovatsiyalarni olib kiradi, deb hisoblaymiz”.

Professional tasvirlar LG Smart World ilovalar do'konida 2016 yilning noyabr oyi oxirigacha xizmatingizda bo'ladi. 360 darajali gulqog'ozlarni o'z smartfonlarida qo'llashga qiziqib qolgan LG G5 egalariga www.LGworld.com manziliga tashrif buyurish yoki gulqog'ozlar haqida qo'shimcha ma'lumotga ega bo'lish uchun  Android – ilovani yuklab olish tavsiya etiladi.