Смотреть

LG monitorini xarid qiling va sovringa klaviatura hamda kompyuter sichqonchasiga ega bo‘ling!

1. AKSIYANING NOMLANISHI.

 1.1«LG monitorini xarid qiling va sovringa klaviatura hamda kompyuter sichqonchasiga  ega bo‘ling!»

2. AKSIYANI O‘TKAZISH HUDUDI.

2.1 Aksiyani o‘tkazish qoidalariga (keyinchalik – Qoidalar) binoan u Toshkent shahri hududida o‘tkaziladi.

2.2 Mazkur Qoidalar Aksiyani o‘tkazish tartibini, shartlarini, joyini va muddatlarini belgilab beradi.

3. AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI DO‘KONLAR / AKSIYA ISHTIROKCHILARINI RO‘YXATGA OLISH NUQTALARI.

3.1 Aksiya Toshkent shahrining quyidagi manzillari keltirilgan maishiy va electron texnika do‘konlari hududlarida (keyinchalik – Do‘kon manzillari) o‘tkaziladi:

- “Fleshka” SM (sobiq Malika fabrikasi): 1) «A» blok do‘konlari: № 16; 20; 21; 27; 28; Mycom magazin; Gygabyte magazin; 2) «B» blok do‘konlari: №  1; 2; 3; 4; 6; 7; 8; 9; 13; 14; 21; 22; 23; 26; 27; 28; 30; 32; 35; 36; 37; 39; 41; 43; 44.  LG Electronics rasmiy servis markazida ro‘yxatdan o‘tish  (Kichik Xalqa Yo‘li, 57, “Mercato” SM);

- "Toshkent Trade Center", maishiy texnika savdo rastalari, do‘konlari: № U10; R50; R46; R72; R17; R52; R41; R13; R20; R67; R24. (Ro‘yxatdan o‘tish  S9 do'koni yonida);

- «Media Park» do‘konlar tarmog‘i;

- «olcha.uz» Internet do‘koni.

4. AKSIYANING O‘TKAZILISH MUDDATLARI.

4.1Aksiya 2019-yil 30-martdan 2019-yil 30-aprelgacha o‘tkaziladi.

4.2 Aksiya o‘tkazilishining vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki muddatidan oldin tugatilish hollarida Aksiya tashkilotchisi bu haqida rasman e’lon qilishi lozim.

5. AKSIYADA ISHTIROK ETUVCHI MAHSULOT.

5.1 Aksiyada ishtirok etuvchi LG monitorlarinig modellari haqidagi ma‘lumot:

22MK600M

23MP68VQ

29WK600

22MK400A

24MP48HQ

29UM58

22MK400H

24MP59G

29UM59

22MK430H

24MK430H

29UM68

22M38A

27MK400H

34UM69G

22MP48A

27MP59G

22MK600M

29WK500

* Aksiyada seriya raqamlari hududiy jihatdan rasman faqat O‘zbekistonga mansub bo‘lgan mahsulotlar  ishtirok etadi.

6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI.

6.1 Aksiyada O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan  fuqarolar iishtirok etishlari mumkin. Aksiya tashkilotchilari, ularning yaqin qarindoshlari, shuningdek, LG Electronics kompaniyasi texnikasini sotuvchi do‘konlar xodimlari va ularning qarindoshlari, LG Electronics kompaniyasi dilerlari va  vakillari hamda ularning qarindoshlari ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, ulgurji xaridorlar ham qatnashmaydi. Aksiyada ishtirok etayotgan mahsulotdan 3 donadan ortiq xarid qilgan shaxslar ulgurji xaridorlar hisoblanadi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga yutuqlar berilmaydi.

6.2 Aksiyada ishtirok etish deyilganda Aksiya ishtirokchilarining ushbu Qoidalarga to‘liq roziliklari tushuniladi.

6.3 Aksiyada ishtirok etib yutuq olishni istovchi shaxslar ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiyada ishtirok etish, uning o‘tkazilish tartibi, manzili va muddati bilan bog‘liq barcha talablarni bajarishlari lozim.

6.4 Aksiya ishtirokchilari tomonidan Aksiya o‘tkazishning ushbu Qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda ularga yutuqlar berilmaydi. Tashkilotchi yoki uning vakillari tomonidan yutuq qiymatining pullik ekvivalentini to‘lab berish, yutuqni qaytarish yoki almashtirib berish amalga oshirilmaydi.

6.5 Aksiya ishtirokchisi yutuqni olish uchun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida ushbu Qoidalarga mos holda undan talab qilinadigan barcha harakatlarni amalga oshirishi kerak. Aksiyani o‘tkazish shartlariga rioya qilmaslik Ishtirokchining Aksiyada qatnashishdan va yutuqdan voz kechishi demakdir.

6.6 Tashkilotchi Aksiyani o‘tkazishi, shu jumladan, yutuqni topshirishi  yoki taqdim etishi, shuningdek, ushbu Qoidalarda belgilangan manzilda, tartibda va muddatda unda ishtirok etish uchun shartnoma tuzgan Ishtirokchilarga nisbatan boshqa lozim bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.

6.7 Aksiya Tashkilotchisi va uning Ishtirokchisi o‘rtasida Shartnoma Qoidalarda belgilangan, Aksiyada ishtirok etish uchun kerak bo‘lgan   talablarga javob beradigan harakatlarning shaxs tomonidan  birin – ketin amalga oshirilishi bilan tuziladi.

7. AKSIYA ISHTIROKCHISIGA AYLANISH SHARTLARI:

8.1 Aksiyada ishtirok etayotgan mahsulotni Aksiyada ishtirok etayotgan do‘konlardan xarid qilish (3.1 bandga qarang).

8.2 Xarid amalga oshirilgan vaqtdan boshlab, uch ish kuni mobaynida, xarid qilingan mahsulotning rus tilida to‘ldirilgan va sotuvchi muhri bosilgan kafolat talonining asl nusxasini taqdim etish. Shuningdek, Aksiya Ishtirokchilarini ro‘yxatga olish nuqtalarida Aksiya Ishtirokchisi so‘rovnomasini to‘ldirish (3.1 bandga qarang).

7.3 Mazkur shartlar bajarilgandan so‘ng Tashkilotchi Ishtirokchiga sovrinlarni qabul qilib olish shartlariga binoan (9-bandga qarang) sovrinni topshiradi.

8. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI.

8.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchi hisobidan tashkil etiladi. Aksiyadagi qatnashuvi uchun Ishtirokchilardan to‘lov talab qilinmaydi.

8.2 Sovrin jamg‘armasi klaviatura va kompyuter sichqonchasi to‘plamidan iborat:  

1) Klaviatura va kompyuter sichqonchasi KM 160 modeli (348 dona);

2) Slimstar modeli, simsiz klaviatura va kompyuter sichqonchasi (2 dona).

9. SOVRINLARNI QABUL QILIB OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI.

9.1 Sovrinlar Aksiya Ishtirokchilariga ularni ro‘yxatga olish nuqtalarida kafolat taloni va Aksiya Ishtirokchis ihaqidagi quyidagi ma’lumotlar, ya‘ni F.I.Sh, tug‘ilgan sanasi, telefon raqami taqdim etilganda bir zumda beriladi.

9.2 Aksiya tashkilotchisining sovrinlarni ishtirokchilarga topshirish bo‘yicha majburiyati,  ularni ishtirokchiga topshirgan va ishtirokchi imzo qo‘ygan vaqtdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

10.UMUMIY QOIDALAR.

10.1 Aksiyada ishtirok etish holati ishtirokchilarning Aksiya shartlari va uni o‘tkazish tartiblari bilan tanishganliklari va to‘liq roziliklarini anglatadi.

10.2 Tashkilotchi barcha yutuqlarning yangiligiga kafolat beradi.  Taqdim etish va berish vaqtida barcha yutuqlar bekam-u ko‘st bo‘lib, foydalanish maqsadiga ko‘ra ishlatilishga  shay holatda bo‘ladi.

10.3 Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan bahsli vaziyatlar paydo bo‘lgan holatlardan tashqari, yozma muzokaralar olib bormaslik yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida qoldiradi.

10.4 Aksiyada ishtirok etish holati Ishtirokchilarning ismlari, familiyalari, suratlari va ular haqidagi boshqa ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan reklama maqsadlarida Aksiya Ishtirokchilarining roziligisiz va ularga hech qanday mukofot berilmasdan foydalanilishi mumkinligini anglatadi.

10.5 Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Qoidalarga istalgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Qoidalarga o‘zgartirishlarni oldindan kiritib va bu o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 3 (uch) ish kuni oldin o‘zining www.lgblog.uz saytida e’lon berish, shuningdek, yutuqlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqiga ega.

11. AKSIYANI O‘TKAZISH SHARTLARI, UNI O‘TKAZISHNING TO‘XTATIB TURILISHI YOKI MUDDATIDAN OLDIN TO‘XTATIB QO‘YILISHI HAQIDA AKSIYA ISHTIROKCHILARINI XABARDOR QILISH TARTIBI.

11.1 Aksiya ishtirokchilariga uning shartlari va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berish LG Electronics kompaniyasi mahsulotlari sotilayotgan nuqtalarda tarqatiladigan maxsus axborot materiallarida reklama axborotlarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

11.2 Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotni, shuningdek, 0 800 120 22 22 telefon raqami orqali ham olish mumkin (O‘zbekistonning istalgan hududidan qo‘ng‘iroq qilish bepul).

11.3 Aksiyani muddatidan oldin tugatish yoki uni o‘tkazish muddatini uzaytirish   hollarida tegishli ma'lumot www.lgblog.uz saytida beriladi.