Смотреть

“LGNeoChef bilan bahor

23-fevraldan 11-martgacha “LGNeoChef bilan bahor" tanlovi.

Tanlovni o‘tkazish hududi

Faqat O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar uchun.

Tanlovni o‘tkazish muddatlari

Tanlov 2018-yilning 23-fevralidan 11-mart soat 23:59 gacha davom etadi;

Tanlovda qatnashish tartibi: https://www.facebook.com/LGUzbekistan/photos/a.352242428149732.83368.324328290941146/2006006829439942/?type=3&theater

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

  • Ushbu postga “like” qo‘ying;
  • Post izohlarida ikkita (2) do‘stingizni belgilab, ularga tanlov haqida ma’lum qiling;
  • LG Uzbekistan’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasida joylashtirilgan tanlov haqidagi postni o‘z shaxsiy sahifangizda do‘stlaringiz bilan ulashing;
  • LG Uzbekistan sahifasiga yozilib qo‘ying.

Tanlovning alohida shartlari

LG Uzbekistan’ning Facebook’dagi rasmiy sahifasi obunachisi bo‘lish.

Sizning Facebook’dagii shaxsiy sahifangiz 2018- yilning 23-fevralidan 2018-yilning 20-martigacha ochiq bo‘lishi kerak va biz postingizni ko‘ra olishimiz kerak.

G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash tartibi

G‘olib tanlov shartlarini to‘g‘ri bajargan barcha ishtirokchilar ichidan random.org sayti yordamida tasodifiy tanlash metodi orqali aniqlab olinadi;

Tanlov ishtirokchilarining dastlabki ro‘yxatlari 2018-yilning 13-martida e’lon qilinadi;

Tanlov g‘olibi 2018-yil 14-mart kuni e’lon qilinadi;

G‘oliblarni taqdirlash tanlov tugagach 5 kalendar kuni ichida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi

LGNeoChef mikroto‘lqinli pechi – 1 dona.

Umumiy qoidalar

Ma’muriyat ishtirokchilarni sabablari tushuntirilmagan holda tanlovdan chiqarib yuborish, tanlov shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan, shuningdek nonormativ leksika, qo‘pol va haqoratli gaplar, spam havolalar va boshqa brendlar reklamasini o‘z ichiga olgan izohlarni o‘chirish huquqini o‘zida qoldiradi.

Tanlovning o‘tkazilishi to‘xtatilgan yoki muddatidan avval tugatilgan taqdirda tanlov tashkilotchisi bu haqda jamoatchilikka xabar qilishga majburdir.

Tanlovda uning tashkilotchilari va ularning yaqin qarindoshlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish Ishtirokchilarining joriy Qoidalar bilan to‘liq roziligini bildiradi.

Ishtirokchilar tomonidan tanlovni o‘tkazish joriy Qoidalariga amal qilinmagan taqdirda yutuqlar taqdim qilinmaydi. Tashkilotchilar va ularning vakillari tomonidan yutuq qiymatining puldagi ekvivalentini to‘lab berilishi, yutuqni almashtirilishi yoki qaytarib olinishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yutuqning tashqi ko‘rinishi (rangi, surati, modeli) reklama materiallaridagi tasvirdan farq qilishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish va yutuqqa ega bo‘lish istagidagi shaxslar tanlovda qatnashish bilan bog‘liq xatti-harakatlarni o‘joriy Qoidalar bilan o‘rnatilgan tartib, joy va muddatda bajarishlari shart.

Tanlovda qatnashish Ishtirokchilarning Tashkilotchilar tomonidan aksiya Ishtirokchilarning ruxsatisiz va ularga qandaydir haq to‘lamasdan turib reklama maqsadlarida ismlari, familiyalari, fotosuratlari va boshqa materiallar ishlatilishiga rozilikni bildiradi.

Tanlov o‘tkazilishining to‘xtatilishi yoki muddatidan avval tugatilishi tanlov to‘xtatilgani yoki muddatidan avval tugatilgani haqida e’lon qilingan sanada yutib olingan yutuqni taqdim qilish yoki berish majburiyatidan Tashkilotchilar yoki ularning vakillarini ozod qilmaydi.

Tashkilotchi joriy Qoidalar bilan o‘rnatilgan joy, tartib va muddatda tanlovni tashkil etishi, xususan, yutuq berilishi yoki taqdim etilishini amalga oshirishi va kelishuv tuzilgan tanlov Ishtirokchilari oldidagi barcha zaruriy xatti-harakatlarni amalga oshirishi shart.