Смотреть

Maishiy texnikasi  | 
13 Dek 2018   281

LG HOM-BOT changyutgichi – har kuni uy tozalashni unuting!

LG HOM-BOT robot changyutgichi atrofingizni qanday tozalashni biladi.

Uy tozalash o‘zimiz va yaqinlarimizga sarflashimiz mumkin bo‘lgan vaqtimizni oladi. Shuning uchun O‘zbekistonda LG HOM-BOT aqlli robot changyutgichi sotuvi boshlangani har bir uy bekasini quvontiradi. Ushbu zamonaviy va maishiy yordamchi uy tozalashning barcha mashaqqatlarini o‘z zimmasiga oladi. 

Hayvonlar yunglari, bolalar o‘yinlarining oqibatlari, chang va boshqa chiqindilar bir necha daqiqa ichida sizning ishtirokingizsiz yo‘qoladi. Changyutgichning innovatsion kvadrat shakli va 7 sm gacha uzaytirilgan cho‘tkalari nafaqat pol, balki burchaklar, plintuslar va devorlar chetlari samarali tozalanishini ta'minlaydi.

LG HOM-BOT changyutgichi tozalab bo‘lingan joylarga qaytmaydigan yoki tozalashni kelgan joyidan davom ettirish imkonini beruvchi yo‘nalish o‘rnatadi.  Maxsus sensorlar to‘siqlar va xavf-xatarlarning oldini oladi - changyutgich stolga taqalib qolmaydi va zinadan ag‘darilib tushmaydi. Tozalashning to‘rt xil rejimi xonani maksimal darajada tozalash imkonini beradi. LG HOM-BOT changyutgichi pol qoplamasini avtomatik ravishda aniqlaydi va kafeldan gilamga o‘tganida so‘rish dasturiga o‘tadi. Changyutgichni uydan uzoqda - ishda, sayohatda yoki mehmonga borganingizda telefon orqali boshqarishingiz mumkin. Endi sizda har doim top-toza uyga qaytish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Uyda faqat masofadan boshqaruv pultidagi tugmachani bosishingiz kifoya – va sizning sodiq yordamchingiz xonani tozalashga kirishadi. 

Chang to‘plagich korpus tepasida joylashgan bo‘lib, birgina qo‘l tegizish bilan ochiladi. Konteyner yopiq bo‘lib, u ko‘chirish qulay tutqichga ega, bu changning havoga qaytish ehtimolini kamaytiradi. Robot changyutgich neytral rangli zamonaviy dizaynga ega bo‘lganligi sababli har qanday intererga mos tushadi. U karavot yoki shkaf ostiga sig‘ishi mumkin, bu bir vaqtning o‘zida ikkita muammoni hal qiladi - qiyin joylarni tozalash va changyutgichni saqlash.

Siz har kuni soat 10:00 dan 21:00 gacha «GOODZONE» do‘konlarida LG HOM-BOT robot changyutgich narxlari bilan tanishishingiz va sotib olishingiz mumkin. Bugungi kunda iste'molchilarga uchta changyutgich modeli taklif etilmoqda:

• VRF6570LVMB
• VR6570LVMB
• VRF6570LVM

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 0-800 120-22-22 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Ushbu raqamga O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish bepul. Muhimi, raqam to‘liq teriladi.