Смотреть

TV / Audio / Video  | 
24 Dek 2018   390

LGdan ULTRA SHORT THROW texnologiyasiga ega CINEBEAM LASER 4K yangi proyektori CES 2019 ko‘rgazmasida

LG kompaniyasining eng yangi CineBeam proyektori ajoyib tasvir sifati, yuqori qulaylik va foydalanishdagi yuksak taassurotlar uchun sun’iy intellekt texnologiyasini taqdim etadi.

LG Electronics (LG) CES 2019 ko‘rgazmasida Ultra Short Throw (UST) texnologiyasiga ega CineBeam Laser 4K proyektorining (model HU85L)  ikkinchi avlodini taqdim etishni rejalashtirmoqda. CES 2019 Innovation Award mukofotiga sazovor bo'lgan ushbu mahsulot birinchi LG 4K proyektori(HU80K modeli)ning yutug‘ini davom ettirmoqda hamdabo‘sh joylarga bo‘lgan minimal talablar va ixcham dizayni tufayli raqobatchilar orasida hozirgacha deyarli har qanday tekis sirtda - devor, pol va shiftlardanihoyatda hayratlanarli tiniq 4K-tasvirni aks ettirishni ta'minlaydi.

LG CineBeam Laser 4K proyektorining UST texnologiyasi tufayli tasvirni diagonali 90 dyuymda aks ettirish uchun devordan ikki dyuymdan bir oz ko‘proq masofa yetarli hisoblanadi. 7 dyuymli masofada joylashtirilganda proyektor diagonali 120 dyuymli juda katta, ammo yorqin tasvirni aks ettiradi. O‘rnatilishi oddiy va samarali bo‘lgan ushbu ixcham qurilma ajoyib kinematografik tasvir sifatini taklif etadi.

LG CineBeam Laser 4K proyektori yorqinligi 2500 ANSI-lyumen va o‘lchami 4K UHD bilan nihoyatda yorqin va tiniq tasvir hamda tomoshabinni mavh etuvchi ta’sir samarasi uchun qora rang darajasi ustunligini kafolatlaydi. LGning HU85L modeli har bir tasvirning haqiqiyligini kuchaytiradigan ranglarning keng doirasi tufayli ranglarni yuqori aniqlikda ishlab chiqaradi. LG proyektori, shuningdek, kontent bilan bog‘liq ko‘plab afzalliklarni taklif etadi: foydalanuvchilar o‘zlarining  sevimli xizmatlari orqali ko‘plab serial va filmlar to‘plamini tomosha qilishlari mumkin, USB, Ethernet va HDMI bo‘linmalari esa ulanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi.

Proyektor juda kichik hajmga ega bo‘lib, uni osongina boshqa bir joyga ko'chirilib, har qanday sharoitga moslashtiriladi, vaqtni tejagan holda darhol asosiy narsa - namoyishni boshlaydi. LG CineBeam Laser 4K boshqa yetakchi 4K proyektorlaridan kichikroq va uning dizayni cheklangan va tomosha qilishga xalaqit bermaydi, bu esa LG HU85L har qanday joy uchun qo‘shimcha bezak bo‘ladi. Ushbu zamonaviy proyektor boshqa 12 ta nuqta nuqsonli tuzatishlar bilan aniqlik darajasini oshiradi, bu ko'pincha boshqa UST proyektorlari uchun ishlatiladi.

LG CineBeam Laser 4K proyektori sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda foydalanuvchilarning maksimal qulayligini ta'minlaydi *, bu esa mijozlarga sun'iy intellekt bilan LG ThinQdan  tabiiy tilni avtomatik ravishda qayta ishlash uchun ovozli buyruqlardan foydalanish imkonini beradi. Foydalanuvchilar proyektor ishini boshqarish uchun “Film tugagach proyektorni o‘chirib qo‘y” yoki izlash doirasini cheklash uchun “YouTubedan yoga haqidagi videoni yoq” kabilarni aytishi mumkin. Foydalanuvchilar ilova qilingan  Magic Remote pult boshqaruviga buyruqni og‘zaki ta’kidlagan holda o'zlarining sevimli aktyorlari ishtirokidagi kinofilmlar ro'yxatlarini ko'rishlari va tarkibni tanlashlari mumkin. Magic Remote shuningdek, imo-ishoralarni ham taniy oladi va chiroqli tugmaga ham ega bo‘lib, osongina boshqarish uchun harakatlanganda avtomat ravishda yoqiladi.

“Yangi CineBeam Laser proyektori sun’iy intellekt texnologiyasining qulayligi bilan ta'sirchan 4K- tasvir sifatini birlashtiradi", - deydi LG IT-bo'limining rahbari Chan Ik-Xvan ( JangIk-hwan) - “Bozorda bu kabi o'xshash mahsulot yo'q, LG hali ham o'z mijozlariga noyob yechimlarni taqdim etmoqda”.

CES ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar Las-VegasConvention Center Markaziy zalida 8-11 yanvar kunlari LG maydoni (№11100)da mukofotga loyiq CineBeam Laser 4K proyektorini o'z ko'zlari bilan ko'rishlari mumkin.