Смотреть

TV / Audio / Video  | 
4 Yan 2019   138

AQLLI XIZMAT KO‘RSATISH ROBOTLARI LG UCHUN QIZIQARLI YANGI YO‘NALISHLARNI ANIQLAYDI

LG CLOi robotlarga yondashuvni tijoratlashtirish

LG Electronics CES 2019 ko‘rgazmasida o‘zining  tijoratlashtirishga yaqinlashayotgan CLOi SuitBot ekzoskeletining yangilangan talqinini takomillashtirilgan xizmat ko‘rsatish robotlarini taqdim etadi. LG CLOi SuitBot ekzoskeleti ko‘tarilganda va egilganda kuchlanishni kamaytirish uchun gavdaning pastki qismini qo‘llab-quvvatlaydi, CLOi - PorterBot, ServeBot va CartBot takomillashgan xizmat ko‘rsatish robotlari esa  sun'iy intellekt va robototexnika sohasida doimiy rivojlanib borayotgan LGning nou-xaulari tufayli o'zlarining yanada rivojlangan xususiyatlarini namoyish etadi.

O‘tgan yilning kuz oylarida Berlin shahrida ilk marotaba namoyish etilgan LG CLOi SuitBotning yangilangan talqini og'ir yuklarni ko'tarish va tushirish kabi murakkab jismoniy vazifalarni bajarishda shikastlanish va charchash xavfini kamaytirib, gavdani qo'llab-quvvatlaydi va mushak kuchini oshiradi. SuitBot foydalanuvchining gavdasini 50 gradusga to‘g‘irlanganda va 90 gradusgacha bukilganda uning  qayishqoqligini oshiradi hamda foydalanuvchi 65 gradusgacha burchak ostida bukilganda vertikal holatdan tik turgan holatga o‘tganda faollashadi. Ekzoskelet to‘rt soat davomida quvvatlashsiz ishlaydi va atigi bir soat davomida quvvat oladi.  

PorterBot, ServeBot vaCartBotlar ilk marotaba CES 2018 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola etilgan bo‘lib, ular aeroport, mehmonxonalar, supermarketlar va savdo markazlari kabi maskanlar uchun mo‘ljallangan hamda mijozlarga yuklarni tashish, taom yetkazib berish va mahsulotlarni olib borish kabi yumushlarni bajaradi. Yangi LGCLOi xizmat ko‘rsatish robotlari avtonom navigatsiya tizimining yanada rivojlanganligi bilan bir qatorda liftlar va avtomatik eshiklar kabi mexanizmlar bilan aloqani ta’minlovchi kengaytirilgan ulanish imkoniyatlari bilan to'ldirilgan. Sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda, LGCLOi robotlari ishlashni doimiy o'rganish va yaxshilash uchun mijozlarning foydalanish modelini tahlil qiladi. LGCLOi tegishli sensorli displeylar va mijozlar bilan tabiiy aloqani yengillashtirish uchun ovozni aniqlash bilan jihozlangan bo‘lib, savollarga javob berish va to'lovlarni amalga oshirish kabi yanada murakkab vazifalarni bajarishi mumkin. Ushbu aqlli robotlar mustaqil ishlash, zaryad stantsiyasiga kam quvvat darajasida harakat qilish, to'liq zaryaddan keyin ish joyiga qaytish va kundalik o‘z-o‘zini tasxislash va avtomatik hisobot berish uchun mo'ljallangan.

"Bizning butun robotlarimiz orqali erishilgan taraqqiyot yaqin kelajakda haqiqiy dunyo uchun robotlashtirilgan yechimlarini yetkazish majburiyati haqida darak beradi”, - deydi LG robototexnika bo‘linmasi boshlig‘i, katta vitse-prezident Ro Jin-so (Roh Jin-so). "LG CLOi xizmat ko'rsatish robotlari atrof-muhitni tahlil qilish va tushunish qobiliyatiga ega bo'lib, u avtomatlashtirish va sun'iy intellekt sohasida tadqiqotlar olib borishda muhim investitsiyalarning cho'qqisidir".